Samarqandda ikki kishining o‘limi bilan yakunlangan YTH yuz berdi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida xabar berildi.
Ma’lum qilinishicha, voqea 4-avgust kuni soat 04:45 atrofida Samarqand G‘uzor A-378 avtomobil yo‘lining 55-kilometrida yuz bergan. Damas haydovchisi rul boshqaruvi vaqtida uxlab qolishi oqibatida u bilan bir yo‘nalishda ketayotgan “KamAZ” yuk mashinasining orqa qismiga borib urilgan.
Oqibatda Damas haydovchisi va bir nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan. Yana ikki nafar yo‘lovchi shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odamlar o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga doir:
Izoh (0)