Toshkentning Mirobod tumanida Spark va Lacetti ishtirokidagi YTHda ikki kishi vafot etdi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, voqea 7-avgust kuni taxminan soat 20:30 larda Farg‘ona yo‘li ko‘chasi va Badaxshon ko‘chasi chorrahasida yuz bergan. M.O. (1964-yilda tug‘ilgan) boshqaruvidagi Spark va A.Q. (1997-yilda tug‘ilgan) boshqaruvidagi Lacetti o‘zaro to‘qnashgan.
Oqibatda Spark’da bo‘lgan yo‘lovchilar — 2017-yilda tug‘ilgan M.M. va 1968-yilda tug‘ilgan M.O. hamda Lacetti haydovchisi A.Q. tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan. Spark haydovchisi M.O. va yo‘lovchisi D.E. (1959-yilda tug‘ilgan) olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.
Ayni paytda YTH sabablari aniqlashtirilmoqda. holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.
Mavzuga doir: