• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Yer uchastkalari noqonuniy ravishda olib qo‘yilgan taqdirda, mansabdor shaxslarga BHMning 100 baravaridan 200 baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solinadi” – “snos” haqida nimalarni bilishimiz kerak?

    “Twitter” tarmog‘ida konstitutsiyaviy islohotlarga bag‘ishlangan audiochatlar davom etmoqda. 9-avgust kuni o‘tkazilgan suhbat – xususiy mulk daxlsizligi, “snos” muammosiga bag‘ishlandi.

    Muloqotga Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari Odiljon Tojiyev, Prezident Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori o‘rinbosari Muhsinjon Xolmuhamedov, Bosh prokuratura Akademiyasi korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ma’rifiy markazi rahbari Bahodir Ismoilov, Oliy sud sudyalari Navro‘z Rahmonov, Sarvarbek Rahmonov, Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i Nodir Tillayev, Moliya vazirligi departament direktori Ruslanbek Mamanov, Qurilish vazirligi mas’ul xodimlari Akbar Rajabov va Hamza Ochilov va boshqalar spiker sifatida taklif etildi. Suhbatni Hikmatilla Ubaydullayev, Nazira Inoyatova va Shuhrat Shokirjonov olib bordi.

    Audiochat boshlovchisi Hikmatilla Ubaydullayevning fikricha, ushbu mavzuni ekspertlar ishtirokida muhokama qilinishi juda muhim. Chunki o‘tkazilgan so‘rovnomalar, bildirilgan takliflar, qoldirilgan izohlar ham aynan “snos” mavzusining dolzarbligini ko‘rsatgan.

    – So‘nggi yillardagi “Snos” muammosi uy-joy daxlsizligini ta’minlash bilan bog‘liq qonunchilikdagi mavjud kamchiliklarni ko‘rsatib berdi. 2020-yilda “snos”ga tushgan mulklarning atigi 45 foiziga kompensatsiya to‘lab berilgan, qolgan qarzdorlik 2021-yilda to‘liq qoplab berilgan bo‘lsa-da, orada kompensatsiya pulini kutgan aholi sarsongarchiligiga yo‘l qo‘yildi.

    Konstitutsiyaga “Har kim uy-joy daxlsizligi huquqiga ega. Sudning qarorisiz uy-joydan mahrum etilishga yo‘l qo‘yilmaydi” mazmunidagi qoidaning kiritilishi bu muammoga yechim bo‘la oladimi yoki yo‘qmi degan savol ko‘pchilikni o‘ylantirayotgani tabiiy. Turar-joy daxlsizligi bu egasining roziligisiz uning turar-joyiga kirishga, unga har qanday zarar yetkazishga hech kimning haqqi yo‘qligini anglatadi, – dedi Ubaydullayev.

    Audiochatda jamoatchilikni qiziqtirgan muhim savollarga javob qaytarildi.

    Xususiy mulk masalasi Konstitutsiya darajasiga ko‘tarishga nima sabab bo‘ldi?

    Bahodir Ismoilov:
    “Aslida xususiy mulk daxlsizligi va “snos” bilan bog‘liq masalalar O‘zbekiston qonunchiligida oldindan bor edi. Masalan, Fuqarolik kodeksida, Shaharsozlik kodeksida va boshqa hujjatlarda bu o‘z aksini topgan. Biroq so‘nggi yillarda ushbu sohadagi hujjatlar turli munosabatlarni har xil talqin qilishga olib keldi va bir qator muammolar paydo bo‘ldi.

    Ushbu masalaning Konstitutsiyaga darajasiga ko‘tarilishi mulk daxlsizligi bilan bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarning muhim jihatlarini mustahkamlashga qaratilgan.

    Muhsinjon Xolmuhamedov:
    “Snos”lar nima uchun bu qadar aktual masalaga aylandi? Buning, albatta, o‘ziga xos iqtisodiy asoslari bor. Yaqin o‘tmishda tadbirkorlar shaharning eng daromadli, yuqori baholangan joylaridan o‘zlariga obyektlarni tanlab olib, shu yo‘nalishda harakat qilishgan.

    Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar – investorlarning xatti-harakatini ham o‘zgartiradi. “Uzoq muddatli o‘yin qoidalari” bundan keyin investorlarni yangi joylarga investitsiya kiritish, yangi joylarni o‘zlashtirishga undaydi. Bu esa mamlakatning investitsiyaviy salohiyatini yanada kengaytiradi.

    Nodirbek Tillayev:
    Xususiy mulk himoyasining Konstitutsiya darajasiga ko‘tarilayotganidan asosiy maqsad – aholining o‘z mulkiga bo‘lgan kafolatini mustahkamlash. Ya’ni, ushbu sohadagi barcha qonun va qonunosti hujjatlari aynan Konstitutsiyadagi normalarga muvofiq bo‘ladi, aynan mana shu hujjatda chizilgan chiziqdan tashqariga chiqilmaydi.

    Xususiy mulk kichik tadbirkordan katta tadbirkorga olib berilishi mumkinmi?

    Nodirbek Tillayev:
    “Snos”lar bilan bog‘liq masalani uchga bo‘lish mumkin: 2019-yilgacha bo‘lgan “snos”lar, 2022-yilning yarmigacha bo‘lgan holatlar va undan keyingi davr.

    2018-2019-yillarda amal qilgan tartibda aynan nimalar davlat va jamiyat ehtiyoji deb atalishi bo‘yicha aniq ro‘yxat mavjud bo‘lmagan. Shuning uchun ham aytaylik, A tadbirkordan olib, B tadbirkorga olib berilgan holatlar avj olgan. Keyinchalik bu bo‘yicha Prezident farmoni qabul qilindi hamda davlat va jamiyat ehtiyojiga nimalar kirishi ko‘rsatildi. 2022-yil 29-iyunda qabul qilingan “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunda ham bu masala alohida qayd etilgan.

    Endilikda hokimlarning ham yerni olib qo‘yish vakolati mutlaqo tugatildi. Davlat va jamiyat ehtiyoji uchun yer uchastkasi yoki mulkni “snos” qilish mahalliy kengashlar orqali amalga oshiriladi.

    Qachon “snos”ga tushgan mulklar uchun kompensatsiya to‘liq to‘lab beriladi?

    Ruslanbek Mamanov:
    2018-yil 26-dekabrda davlat va jamiyat ehtiyojlariga olib qo‘yilgan yer uchastkalari uchun yetkazilgan zararni qoplash uchun respublika va hududiy jamg‘armalar tashkil etilgan. Ushbu jamg‘arma hisobidan 2019-yildan buyon 12 mingdan ortiq mulkdorga 3 trl. 255 mlrd so‘m mablag‘ kompensatsiya sifatida to‘lab berilgan.

    Hozirgi tartibga ko‘ra, Jamg‘armada mablag‘ yo‘q bo‘lsa, yer uchastkalari yoki molk-mulklarni olib qo‘yish yoki buzish mumkin emas.

    2019-yildan oldin buzilgan va kompensatsiya berilmagan mulklarning taqdiri nima bo‘ladi? Agar o‘sha mulklar baholangan bo‘lsa, sud qarori orqali mahalliy jamg‘armalar orqali to‘lab beriladi.

    Kompensatsiyalar vaqtida to‘lanishi ustidan kim nazorat qiladi?

    Nodir Tillayev:
    Vazirlar Mahkamasining 911-sonli qaroriga asosan, yer uchastkasi olib qo‘yilib, mulki buzilgan shaxs va hokimlik o‘rtasida kelishuv bitimi tuziladi. Bitim doim pul ko‘rinishida bo‘lishi shart emas, boshqa ko‘chmas mulk ko‘rinishida ham bo‘lishi mumkin. Bitimda qachon to‘lab berilishi aniq ko‘rsatiladi. Kompensatsiya ko‘pi bilan olti oy muddat ichida to‘lab berilishi lozim.

    2022-yil 29-iyunda qabul qilingan “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonun bilan bu borada yangi tartib o‘rnatiladi. Unga ko‘ra, maxsus komissiya tuzilib, doimiy ravishda monitoringni amalga oshiradi va kompensatsiyalar o‘z vaqtida to‘lanishini nazorat qilib boradi.

    “Snos” bo‘yicha qonunchilikni buzgan shaxsga qanday jazo beriladi?

    Sarvarbek Rahmonov:
    Ma’muriy javobgarlik kodeksga ko‘ra, yer uchastkalari noqonuniy ravishda olib qo‘yilgan taqdirda, mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan 200 baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solinadi. Agar mazkur harakatlarda jinoyat alomatlari mavjud bo‘lsa, 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishgacha bo‘lgan javobgarlik belgilanadi.

    Odamlar o‘z mulki “snos”ga tushgani haqida qancha vaqt oldin xabardor etilishi kerak?

    Nodirbek Tillayev:
    Hozirgi kunda “avvaldan ogohlantirish” degan institut yo‘q. Avval fuqarolarni bezovta qilishdan oldin davlatning o‘zi shu yer kerak yoki kerak emasligini ko‘rib chiqadi. Agar yerni olish kerak degan xulosaga kelsa, uni isbotlab berishi kerak. Shundan so‘ng kompensatsiyalar uchun tashkil etilgan Jamg‘arma bilan kelishadi. Agar jamg‘armada pul bo‘lmasa, u joy buzilmaydi.

    Xususiy mulk bitta sabab — davlat va jamiyat ehtiyoji uchun olib qo‘yilishi mumkin. Ushbu ehtiyoj uchun, avvalo, bo‘sh yer maydoni qidiriladi. Bo‘sh yer topilmasagina, aholi mulkiga murojaat qilinadi.

    Bu masala, dastlab, mahalliy kengashda muhokama qilinadi. Tashabbuskor shu yer qanchalik zarur ekanini vakillik organiga isbotlab beradi. Shundan keyingina Kengash aholi bilan bu masalani muhokama qilishga ruxsat beradi.

    Yerni olib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar (davlat) bu nima uchun kerakligini aholiga tushuntirib beradi. Va ular keltirgan sabablar davlat va jamiyat ehtiyojlari ro‘yxatida bo‘lishi shart.

    Buzishi mo‘ljallangan hududdagi har bir mulkdor rozi bo‘lgach, kelishuv bitimi imzolanadi. Bitimda mulkdor qancha va qachon kompensatsiya olishi, yer uchastkasi yoki binoni qachon bo‘shatishi kabi shartlar ko‘rsatiladi.

    Bu yerda asosiy faktor – mulkdor roziligi va berilayotgan kompensatsiya olib qo‘yilayotgan mulk bahosiga teng ekani. Mulkdor kompensatsiyani to‘liq olib, mulkni o‘z xohishi bilan tark etmagunga qadar u joyni buzish yoki boshqa xatti-harakatlarni amalga oshirish mumkin emas. Aks holda, bu holat ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

    Agar mulki “snos”ga tushgan shaxs rozi bo‘lmasa va unga nisbatan bosimlar uyushtirilsa kimga murojaat qilish lozim?

    Bahodir Ismoilov:
    Bu bo‘yicha qonunda o‘rnatilgan tartib mavjud. Agar mulkdorga nisbatan bosim yoki tahdidlar bo‘ladigan bo‘lsa, huquqni muhofaza etuvchi organlarga murojaat qilishi lozim. Ularning murojaatlari 10 kun mobaynida ko‘rib chiqiladi.

    Noqulay ob-havo sharoitida turar-joy “snos”ga tushsa, odamlar yashab turishi uchun vaqtinchalik boshpana beriladimi?

    Abdunosir Egamberdiyev, Oliy sud sudyasi:
    Agar fuqaro yashab turgan joy noqonuniy qurilgan bo‘lsa va sud qarori asosida bu uy buzilishga tushgan bo‘lsa, noqulay ob-havo sharoiti tufayli sud qarorining ijrosi muayyan muddatga (3-4 oy) kechiktirishi mumkin. Buning uchun o‘sha uyda yashab turgan shaxs sudga ariza bilan murojaat qilishi kifoya.

    Konstitutsiyaviy islohotlar natijasida noqonuniy qurilmalarni buzish qiyinlashib ketmaydimi?

    Navro‘z Rahmonov:
    Qonunchilikka ko‘ra, o‘zboshimchalik bilan qurilgan binolar uchun mulk huquqi berilmaydi, kompensatsiya to‘lanmaydi, aksincha, uning buzish xarajatlari ham uni qurgan shaxs zimmasiga yuklanadi.

    Noqonuniy qurilmalarni buzish sud qarori orqali amalga oshiriladi. Ayrim hollarda o‘zboshimchalik bilan inshoot qurganlar tegishli javobgarlikka ham tortilishi mumkin.

    Agar butun mahalla “snos”ga tushgan bo‘lsayu bir kishi rozi bo‘lmasa, bu holda qanday yo‘l tutiladi?

    Nodirbek Tillayev:
    Bunday holatda, “snos”ga rozi bo‘lmagan fuqaroning uyini buzishga toki u rozi bo‘lmaguncha, hech kim haqli emas. Qonunchilik bunga yo‘l qo‘ymaydi. Chunki mulk buzilishi uchun tomonlar o‘rtasida bitim tuzilgan bo‘lishi shart.

    10.08.2022, 22:09   Izoh (0)   10293
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentdagi ko‘p qavatli binoda yuz bergan yong‘in qariyb bir soatda 6 ta ekipaj yordamida o‘chirildi

    10.08.2022, 21:51

    “Jamiyatdagi o‘zgarishlarda mahalla tashabbuskor, xalqqa yelkadosh bo‘lishi kerak” — Shavkat Mirziyoyev

    10.08.2022, 21:43

    Shavkat Mirziyoyev xalqaro shaxmat olimpiadasi chempionlarini faxriy unvon bilan taqdirladi

    10.08.2022, 21:34

    O‘zbekistonda “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoni ta’sis etildi

    10.08.2022, 21:20

    Toshkentda 5 qavatli binoda yong‘in sodir bo‘ldi

    10.08.2022, 20:34

    Samarqandda ilk bor jigar ko‘chirish amaliyoti bajarildi. Unda 35 yoshli qiz 57 yoshli onasiga donorlik qildi

    10.08.2022, 20:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xakerlar Oq uy apparati rahbarining telefoniga buzib kirdi — WSJ

    Dunyo | 30 may, 11:15

    Havaskorlar o‘rtasidagi futbol musobaqasida ommaviy janjal yuzaga keldi (video)

    Sport | 30 may, 11:05

    Razvedka Putin harbiy yordam uchun Kim Chen Inga nima berganini aniqladi

    Dunyo | 30 may, 10:58

    Milliardlar sarflangan “Qizaloq va maymoq” multfilmi qanday qilib butun dunyoga mashhur bo‘ldi?

    Kino | 30 may, 10:50

    Xitoylik paraplanchi 8 ming metrdan ortiq balandlikdan sakrab omon qoldi (video)

    Dunyo | 30 may, 10:42

    iPhone 16 modeli 2025-yilda dunyodagi eng ko‘p sotilgan smartfon bo‘ldi

    Texnologiyalar | 30 may, 10:24

    O‘zbekistonda 5 yilda kiberjinoyatlar bilan 1,9 trln so‘mdan ortiq pul talon-toroj qilindi

    O‘zbekiston | 30 may, 10:16
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.