Toshkent shahar Chilonzor tumanida 10-avgust kuni yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘lgani xabar qilingandi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, soat 19:37 da Chilonzor tumani Beshyog‘och ko‘chasida joylashgan yangi qurilayotgan 5 qavatli binoning 4 qavatida yong‘in sodir bo‘lgani bo‘yicha shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 19:42 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 20:30 da qurshab olingan. Soat 20:39 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida fuqarolarni tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari yo‘q.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izoh (0)