• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Hokimlarni deputat va senator bo‘lish huquqidan mahrum qilish kerak” — Twitter’da konstitutsiyaviy islohotlar yuzasidan navbatdagi audiochat o‘tkazildi

    Twitter platformasida tashkil etilayotgan turkum audiochatlarning navbatdagisi hokimlar bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari kengashlariga ham boshchilik qilishi haqidagi qoidani Konstitutsiyadan chiqarib tashlash masalasiga bag‘ishlandi.

    Muloqotga Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Odiljon Tojiyev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyev, Sergeli tuman hokimi Elbek Shukurov, Konstitutsiyaviy komissiyaning eksperti, yuridik fanlari doktori Xayrullo Ro‘zmetov, Uchtepa tumani kengashi deputati Nuriddin Zayniddinov va boshqalar taklif etilgan.

    Muloqotda boshlovchilik qilgan Hikmatilla Ubaydullayev audiochatdan ko‘zlangan maqsad haqida gapirar ekan, qaysidir hokimning faoliyati emas, balki hokimiyat bo‘linishi prinsipi, ya’ni o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatini ta’minlash bo‘yicha islohotlarning mazmun-mohiyati haqida kengroq ma’lumotga ega bo‘lish, muhokamalar asnosida yangi fikr va takliflar tug‘ilishiga zamin yaratish muhim ekanini qayd etdi.

    Amaldagi tizim hokimlar va mahalliy kengashlarning o‘z vazifalarini bajarishiga yomon ta’sir qilyapti — mahalliy deputatlar hududlardagi islohotlarga deyarli aralasha olmayapti. Yangi tizim hokimlar ustidan xalq nazoratini kuchaytiradi.

    Mahalliy kengash raisi mustaqil bo‘lishi uchun, hokimni tiyib turishi uchun birinchi navbatda, moliyaviy mustaqil bo‘lishi kerak. Shu bois Konstitutsiyaga kiritiladigan o‘zgarishlar fonida shu kabi masalalarga ham aniqlik kiritilishi maqsadga muvofiq, — dedi moderator.

    Odiljon Tojiyev:
    Amaldagi Konstitutsiyada hokimlarga mahalliy kengash raisligining yuklanishi — kafolatlangan deputatlik o‘rnini keltirib chiqaryapti. Tan olib aytish kerak, bir paytlar bu narsa kerak bo‘lgan, ammo hozirgi kunda u o‘z dolzarbligini yo‘qotdi. Ijtimoiy tarmoqlarda ham bu bo‘yicha ko‘plab e’tirozlar bildirildi, ya’ni hokim qanday qilib o‘zi hisobot beruvchi organga rahbarlik qilishi, sodda qilib aytganda, u o‘ziga o‘zi hisobot berishi mumkin? Konstitutsiyadagi shunga o‘xshash mantiqqa zid holatlarga barham berilmoqda.
    Doniyor G‘aniyev:
    Dunyo tajribasida hokimiyatlar bo‘linishi — xalq manfaatlariga xizmat qiladigan asosiy vosita sifatida o‘z isbotini topgan. Hattoki eng avtoritar davlatlarda ham, masalan, Xitoyda ham kommunistik rejim bo‘lishiga qaramay, hokimiyat bo‘linishi prinsipi saqlab qolingan.

    Oxirgi yillardagi davlat va jamiyat boshqaruvidagi o‘zgarishlar natijasida so‘z erkinligi, jamoatchilik nazorati shakllandi. Odamlarimiz bu boradagi islohotlarni talab qila boshlashdi. Aynan ijro hokimiyati va vakillik organlarining ajratilishi jamoatchilikning asosiy talablaridan biri bo‘ldi.

    Konstitutsiya qabul qilingach, bir qaror qonun hujjatlariga o‘zgartirish kiritishga to‘g‘ri keladi. Aslida amaldagi qonunchilikka ko‘ra, ijro hokimiyati organlariga deputatlikka saylanishi mumkin emas. Faqatgina hokimlarga istisno tariqasiga ruxsat etilgan. Saylov kodeksiga o‘zgartirish kiritish chog‘ida hokimlarning deputatlikka saylanish huquqini olib tashlab, kengash oldidagi hisobdorligi belgilanishi kerak. Mantiqan olib qaraganda, kengashlarning vazifasi bitta — ijro hokimiyatini nazorat qilish.

    Bu mantiqsizlik faqatgina mahalliy kengashda emas. Yuqori parlamentimizda ham buning qisman ta’siri bor. 14 ta hududning rahbarlari bir paytning o‘zida Senat vakili ham hisoblanadi. Bu ham yuqoridagi masalaning uzviy davomi. Agar Saylov kodeksida ular deputat bo‘lish huquqidan mahrum qilinadigan bo‘lsa, o‘z-o‘zidan senator bo‘lish vakolati ham bo‘lmaydi. Bu esa xalq vakillarining ijro hokimiyati ustidan samarali nazorat o‘rnatishida muhim rol o‘ynaydi.

    Elbek Shukurov:
    Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartishlarni hokim sifatida qo‘llab-quvvatlayman. Negaki hokimiyat bo‘linishi bu – paradoks holat. Mahalliy kengash ijro hokimiyatini tiyib turish mexanizmi hisoblanadi. Yangi tizim hokimlarga emas, xalq uchun juda manfaatli bo‘ladi.

    O‘z faoliyatimdan kelib chiqib shuni ayta olamanki, vakillik organi raisi hokim bo‘lsa, deputatlar ham u yoki bu sohada mehnat qilayotgan davlat xizmatchisi bo‘lgani uchun manipulyatsiya qilish imkoniyati mavjud bo‘ladi.

    Amaldagi tizim ayrim qarorlarni kengashdan tezroq o‘tkazib, xalq manfaati uchun yo‘naltirishda qo‘l kelishi mumkin, ammo ikkinchi tomondan, hokim o‘z manfaatini ko‘zlasa, bu xalqning zarariga ishlaydi. Manfaatlar to‘qnashuvi kelib chiqmasligi uchun ham hokimlar kengash raisi bo‘lmasligi lozim, deb hisoblayman.

    Xayrullo Ro‘zmetov:
    Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarish mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayoti uchun tizimli o‘zgarishlarga olib keladi.

    Savol tug‘ilishi mumkin, nima uchun ilgari bunday tartib kiritilgan va endi o‘zgartirilyapti? Chunki mustaqillikning ilk yillarida mamlakat uchun eng asosiy masala – tinchlikni asrashdan iborat edi. Ya’ni o‘sha paytda markazlashgan davlat zarur edi va bu qaror to‘g‘ri bo‘lgan. Demokratik islohotlarning yangi bosqichida esa ijro hokimiyati hamda vakillik organlarini alohidalash ehtiyoji paydo bo‘lmoqda. Hokimlardan mahalliy kengash rahbarligi olinsa, hududlardagi juda masalalar sog‘lomlashtiriladi.

    Muloqot jarayonida jamoatchilik vakillari ham faol qatnashdi. Xususan, blogerlar Nurbek Alimov, Feruzxon Yoqubxo‘jayev, tadbirkor Zafar Hoshimov, iqtisodchi Otabek Bakirov va boshqalar mavzu bo‘yicha fikr-mulohazalarini bildirildilar.

    08.08.2022, 23:14   Izoh (0)   7229
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Prezident topshirig‘iga asosan Chilonzor tumani hokimi va prokurori lavozimidan ozod etildi

    08.08.2022, 22:45

    O‘zbekistonda Mobile-ID modulidan foydalanish boshlandi

    08.08.2022, 22:45

    O‘zbekistonda hududlarning investitsion jozibadorligi milliy reytingi joriy etiladi

    08.08.2022, 22:30

    O‘zbekistonda 2021-yilda 18 nafar haydovchi 100 tagacha qoidabuzarlik sodir etgan

    08.08.2022, 21:56

    Namanganda YPX xodimlari mast haydovchining ustidan kulgani yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlandi (video)

    08.08.2022, 21:20

    “Kamchiligi bor. Shuni ko‘rsatma, xizmatingni qilay dedim”. Namanganda maktab direktori o‘qituvchi aybini yashirish uchun tekshiruvchiga pora berganini aytdi

    08.08.2022, 20:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.