“Elektron hukumat” tizimlariga kirishda shaxsni identifikatsiyalash va tasdiqlashning yangi moduli – Mobile-ID (mobil telefon orqali) sinov Tartibida ishga tushdi. Bu haqda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali xabar qildi.
Qayd etilishicha, endi ushbu modul yordamida fuqarolar mobil telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tib, barcha davlat xizmatlaridan (moliyaviydan tashqari) elektron raqamli imzosiz foydalanishlari mumkin.
Faqat buning uchun smartfonga my.gov.uz mobil ilovasi yuklab olingan bo‘lishi kerak.