Namangan viloyatining Namangan shahridagi 38-maktab direktori Abdulahad Rahimov o‘qituvchining aybini yopish uchun maktabga kelgan tekshiruvchiga pora berganini, shuningdek, maktabga kelib-ketuvchilar uchun xarajat qilganini aytib, o‘qituvchilarga pul yig‘ib berishi kerakligini aytdi. Bu haqda direktor “Daryo”ga taqdim qilingan videoda gapirgan.
Marhaboning “rosxod”lari bor, 1 million 70 ming, mening 2 million 250 ming “rosxod”im bor. Sherzod 70 ming “rosxod” qilgan, jami 55 kishi pul berayotgan ekansizlar. Mana shu yerdan hamma qo‘l qo‘yib, oylik olyapti. Men ham olyapman, boshqasi ham olyapti. Mening ham jonimga tegdi. Meni kechiringlar, nimanidir aytsa bo‘ladi, nimanidir aytib bo‘lmaydi. Bizning ham ikkita darvozamiz bor. Biri berk turgani bilan ikkinchisi ochiq. Nechta narsa kirib, nechta narsa chiqib ketyapti. Bittasini aytamiz, bittasini yo‘q. Mana masalan ishga nechada kelasizlar, nechada ketasizlar, soat 08:00 dan soat 16:00 gacha shu yerda turasizlar deb hech kim majburlayotgani yo‘q. Shuning uchun 55 kishimas, men shaxsan ro‘yxat qilaman, hammamiz shu yerda oylik olyapmizmi, hammamizning teng hissamiz qo‘shilishi kerak, — deydi Namangan shahridagi 38-maktab direktori Abdulahad Rahimov.Maktab direktori yig‘ilishda avval ham chiqim qilganini, ammo pulini yig‘ib ololmaganini aytadi.
Avval chiqim qilib, keyin pul yig‘ib olish imkoni yo‘q ekan. Hammamiz 60 ming so‘mdan tashlasak, bir dunyo bo‘larkan va temamiz bitarkan, — deydi maktab direktori.Maktab direktori shuningdek, maktabga Munisaxon ismli tekshiruvchi kelganini unga taqdim qilingan 7 ta hujjatni tekshirib, 3-4 tasidan kamchilik topganini aytadi.
O‘nta hujjatning yettitasini ko‘rgan bo‘lsa, shuning beshtasidan kamchilik chiqqan. Ungacha nechtasiga yalindim. Kamchilik borligini bilaman, kel shuni ko‘rsatma, xizmatingni qilay deb yalindim, — deydi direktor.Direktorning gapini tasdiqlagan boshqa kishi uning Telegram’iga xabar kelib turganini, barcha xabarlarga direktor “qilaman”, “bajaraman”, “qo‘limdan kelganini qilaman”, deb javob berganini aytadi.
Videoyozuvni “Daryo”ga taqdim qilgan murojaatchi shu maktabda o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritishini, videotasvirdagi voqea 2022-yilning mart oyida sodir bo‘lganini aytadi.
Avvalroq bu haqda xabar berishga qo‘rqqandim, qolaversa, ikkilangandim. Bas qilar deb o‘ylagandim. Kuni kecha, to‘g‘rirog‘i, 5-avgust kuni yana “remont”ga deb o‘qituvchilardan 100 ming so‘mdan pul yig‘ib oldi. Bunisi endi oshib tushdi, — deydi ismini oshkor etishni istamagan o‘qituvchi.“Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.