Ijtimoiy tarmoqda Namangan viloyatida mast haydovchi boshqa spirtli ichimliklar ichmasligini aytib, aybiga iqror bo‘lganda YPX xodimlari uning ustidan kulgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 29-iyul kuni To‘raqo‘rg‘on tumaniga xizmatga jalb etilgan Namangan viloyati IIB JXX YHXB 2-safarbar guruhi inspektorlari soat 10:00 chamasida “VAZ-2106” rusumli avtomashinani to‘xtatib tekshirgan. Haydovchi spirtli ichimlik ta’sirida avtomashina boshqarib kelayotgani aniqlangan. Avtomashina vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirilib, tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Videotasvirda aks etgan xodimlarning fuqaro oldidagi xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.