Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanidan oqib o‘tuvchi janubiy katta Farg‘ona kanaliga beda presslari ortilgan “ZIL” yuk mashinasi tushib ketdi.
Viloyat FVB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, holat haydovchining extiyotsizligi sabab boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yuz bergan. FVB Maxsus vazifalarni bajaruvchi mintaqaviy qutqaruv otryadi g‘ovvos qutqaruvchilari tomonidan beda presslari va maxsus kran yordamida yuk mashinasi olib chiqilgan.
Hodisa oqibatida jabrlangan va jarohatlanganlar yo‘q.
Izoh (0)