Jizzax viloyatining Forish tumanida Isuzu yuk mashinasi va Nexia-2 ga to‘qnashishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi. Jizzax MTRKning “Diyor yangiliklari” informatsion dasturida xabar qilindi.
Ma’lum qilinishicha, YTH 5-avgust kuni soat 07:00 lar atrofida Forish tumani hududidan o‘tgan 4R-36 Jizzax—Forish—Qizilcha avtomobil yo‘lining 46-kilometrida yuz bergan. Jizzax–Forish yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan Isuzu yuk mashinasi haydovchisi (1976-yilda tug‘ilgan) uxlab qolgan va qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketib, Nexia-2 ni urib yuborgan.
Oqibatda Nexi-2 haydovchisi va uning 4 nafar yo‘lovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida halok bo‘lgan.
Izoh (0)