“Barselona” UEFAni “PSJ” va “Manchester Siti” klublari faoliyati yuzasidan tekshiruv boshlashga undagan.
Financial Times jurnalisti Saymon Kuper o‘z kitobida ta’kidlaganidek, 2020-yil fevral oyida UEFA rasmiysi “Barselona” vakili bilan tushlik qilish vaqtida, u davlat bilan bog‘langan klublar haqida gap ketganda moliyaviy feyr-pley qoidalariga rioya qilinmayotganidan shikoyat qilgan.
“Ko‘k-anorranglilar” xodimi shu sababli La Liga jamoasi “PSJ” va “Manchester Siti” bilan iqtisodiy tomondan raqobatlashishi qiyinligini ta’kidlagan.
Qaysidir lahzada “Barselona” xodimi tashkilotda pul oladigan feyr-pley bo‘limi bor-yo‘qligini so‘ragan. UEFA rasmiysi bu gapni kataloniyaliklar pora bermoqchi, deb tushungan.
UEFA The Athletic’ning ushbu uchrashuv yoki shunga o‘xshash savollariga hech narsadan xabari yo‘qligini ma’lum qildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)