“Barselona”ning yozgi transfer bozoridagi ishlari hali yakunlamagan.
“Manchester Siti” yarim himoyachisi Bernardu Silva kataloniyaliklarning asosiy nishoni bo‘lib qolmoqda.
Yozda “ko‘k-anorranglilar” rahbariyati Robert Levandovski, Jyul Kunde va Bernarduni xarid qilishni asosiy maqsad qilgan edi. Dastlabki ikki futbolchi allaqachon “Barselona”ga ko‘chib o‘tdi.
Qayd etilishicha, ayni damda kataloniyaliklar transfer kampaniyasidan qoniqish hosil qilmayapti va Silvani sotib olish haqida o‘ylamoqda.
Biroq kelishuv amalga oshishi uchun “Barselona” jamoani tark etishni xohlamayotgan Frenki de Yongni sotishi kerak bo‘ladi.
“Shaharliklar” portugaliyalik futbolchini 80—90 million yevroga baholamoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)