“Barselona” 2022/23-yilgi mavsumda 1,3 milliard yevro daromad qilmoqchi. Kataloniyaliklar moliyaviy barqarorlikka erishishni maqsad qilgan
Diario Sport nashrining xabar berishicha, direktorlar kengashi iqtisodiy prognozlarni tayyorlagan. Unga ko‘ra, televizion huquqlarning yana 15 foizini Sixth Street kompaniyasiga o‘tkazish 400 million yevro olib keladi, Barca Studios’ning 24,5 foiz ulushini “Socios.com”ga sotish esa 100 million daromad qilishga yordam beradi.
Yana 800 million yevro klubning odatiy faoliyatidan tushadi.
Mavsum uchun xarajatlar 900 million yevro bo‘lib, uning 620 million futbolchilar va xodimlarning maoshini to‘lashga ketadi.
Shu tariqa kataloniyaliklar 2022/23-yilgi mavsum yakuniga 400 million yevro foyda olishni ko‘zlamoqda.
Avvalroq “ko‘k-anorranglilar” Sixth Street kompaniyasiga La Liga o‘yinlari telehuquqining 25 foizini 25 yilga bergani xabar qilingandi. Ushbu kelishuv natijasida “Barselona” 550—600 million yevrogacha daromad qiladi. Shuningdek, Barca Studios’ning 25% ulushini sotish orqali 100 million yevro ishlagan.
Izoh (0)