Filippinda 27-iyul kuni sodir bo‘lgan zilzila 314 mingdan ortiq odamga zarar keltirdi, qurbonlar soni 10 nafarga yetdi. Bu haqda Filippin Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kengashining (NDRRMC) yangi hisobotida qayd etilgan.
Idora ma’lumotlariga ko‘ra, zilziladan jami 314 161 kishi jabr ko‘rgan. Halok bo‘lganlar soni 10 nafarga, yaralanganlar soni 375 nafarga yetgan.
320-iyul kuni NDRRMC zilziladan 228 238 kishi jabrlangani haqida xabar bergan edi. Shuningdek, olti kishi halok bo‘lgani, 320 kishi yaralangani, to‘rt kishi esa bedarak yo‘qolgani qayd etilgandi.
27-iyul kuni yuz bergan 7,0 magnitudali zilzila Filippinning Luson oroli shimoli-g‘arbidagi provinsiyalar hamda unga tutash hududlar, jumladan, Manila aglomeratsiyasiga ta’sir ko‘rsatgan. Zilzila o‘chog‘i 17 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Izoh (0)