• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Yerni yaroqli holatga keltirganimizda uning egasi ko‘payib ketdi” – Toshkentda fuqaro tashlandiq yerni bog‘ga aylantirgandan so‘ng uni tortib olishayotganidan norozi

    Toshkent shahrining Uchtepa tumanida fuqaroga bog‘ qilish uchun ajratilgan yer dastlab mayda-maydalab o‘zgalarga berib yuboriladi. Keyinroq qolgan qismini ham tadbirkorga ajratish berish haqida hokimlik qaror qabul qiladi. Qarangki, bog‘bondan olingan yer internet orqali sotuvga ham qo‘yib yuborilgan. Necha yildan buyon sudma-sud yugirib, tergov organlari eshigi oldida turishdan charchagan Teshaboy Azimov yuqori turuvchi organlardan adolatsizlikka e’tibor berishlarini so‘rab, “Daryo”ga murojaat qildi.

    Teshaboy Azimov

    Teshaboy Azimov
    Foto: “Daryo”

    Uchtepa tumani Quruvchilar ko‘chasidagi tashlandiq yotgan bir gektar yerni 15 yil avval Teshaboy Azimovning oilasi chiqindilardan tozalab, bog‘ qilish harakatiga tushadi. Oila besh yil yerni tozalab, obod yerga aylantiradi. Shundan so‘ng yer maydoni tuman hokimining farmoyishi bilan oilaning kelini Shahnoza Azimovaga bog‘ tashkil etish uchun biriktirib beriladi.

    Yerni obod qilgan oiladan hech qanday ruxsatsiz 2018-yilning mart oyida Uchtepa tumani hokimi qaror qabul qilib, Teshaboy Azimovga tegishli bog‘ hududining 10 sotix qismini “Remarkable polygraph service” jamiyatiga poligrafiya mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasini qurish uchun ruxsat bergan.

    Foto: “Daryo”

    “Farzandlarim, nabiralarim yerdan bittalab toshlarni terdi. Yerni mana shunday holatga keltirganimizda uning egasi ko‘payib ketdi. Unisi keladi, “Men olaman,”deb, bunisi keladi. “Sen qanaqa qilib yerni olasan? Biz axir uni tozalaganmiz”, desak, “Yo‘q, men bu yerni hokimlik orqali olaman”, deydi. Bizga berilgan bir gektar-u yetti sotix yerdan mana hozir 20 sotix joy qoldi. Uchastkalar qurib oldi. Bir odam yo‘qki, “Sen qanday qilib joyni olding?”, degani. Daraxtlarni kichik chaqaloqni parvarish qilganday suv quyib katta qilganman. Bitta daraxtni kesishsa, men uchun bitta odam o‘lganday bo‘ladi. Men mevalarni bolalar uyiga beraman. Man uni boy bo‘lib ketay, deb qilayotganim yo‘q”, — deydi Teshaboy Azimov.

    Foto: “Daryo”

    Murojaatchinig o‘g‘li Farhod Azimov ma’lum qilishicha, yerni sug‘orish maqsadida zovurdan oqib o‘tuvchi suvga motor o‘rnatib, tepaga suv olib chiqilgan.

    “Hozirgi kunda bog‘da 200 dan ortiq mevali daraxtlar bor. Daraxtlarni shu yerning xalqi uchun ekkanmiz. Bog‘ning yonida ko‘p qavatli uylar bo‘lib, bu yerda aholi zich joylashgan. Shu daraxtlar sabab, aholi toza havodan nafas olib, mevalarni yeydi. Hokimiyat davlat ehtiyoji uchun olingan, lekin bu yerga kelayotgan odamlar davlatning odamlari emas. Bu yerni olgan boshqa, qurilish qilayotgan odam boshqa. Yerni olib noqonuniy sotish holatlari bo‘lmoqda. Poligrafiya sexi quraman, deb kelyapti. Buni maqsadini bilib qoldik, bu yerni olib, tadbirkorlik qilaman, ish o‘rni ochaman, deb shu yerni o‘zlashtirib, sotib yubormoqchi ekan. Buni bir tanishimiz OLX’da ko‘rgan” — deydi Farhod Azimov.

    Foto: “Daryo”

    Hokim qaroridan norozi bo‘lgan Teshaboy Azimov Toshkent shahar porkuraturasiga murojaat qilgan. Prokuratura ushbu masalani o‘rganib, 2019-yilning yanvarida tuman hokimligiga protest yuborgan. Unda “Paxtakor” mahallasini ta’mirlash hisobiga Teshaboy Azimov tomonidan barpo etilgan bog‘ maydonidan tadbirkorga yer ajratish haqidagi qarori noqonuniy ekanini bildirgan. Mazkur qarorning qabul qilinishida tuman hokimining 2017-yil iyunidaga qarori asos bo‘lgan. Unda esa “Zamonaviy mahalla” loyihasi asosida mahalla markazi hamda savdo va maishiy xizmat shoxobchasi qurilishi uchun boshqa manzildan qo‘shimcha bo‘sh yer maydoni ajratib berilishi belgilanmagan. “Paxtakor” mahalla binosini qayta qurish va uning atrofida obodonlashtirish ishlarini olib borish uchun aslida Uyg‘ur ko‘chasidagi 12 sotix yer maydonini ajratish nazarda tutilgan. Tuman hokimining qarorida yer uchastkasining joylashuv manzili va yer maydoning hajmi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan. Teshaboy Azimov obod etgan bog‘ maydoni esa “Katta Qani” mahallasi “Qurilish” ko‘chasida joylashgan.

    Prokuratura protestidan kelib chiqib tuman hokimi 2019-yilning fevralida tadbirkorga bog‘ maydonidan yer ajratish haqidagi qarorini bekor qilish bo’yicha qaror qabul qilgan. Unga ko‘ra, 2012-yildagi farmoyishda qayd etilgan Shahnoza Azimovaga bog‘ tashkil etish uchun bir gektar yetti sotix yer biriktirilsin, degan qismi hamda 2018-yildagi “Paxtakor” mahallasiga yer maydoni ajratish haqidagi qaror bekor qilingan.

    Foto: “Daryo”

    “Paxtakor” mahalla fuqarolari yig‘ini raisi hamda Oqsoqollar kengashi 2020-yilning fevralida Toshkent shahar prokuraturasiga murojaat yo‘llagan. Unda tadbirkorga Qurilish ko‘chasidagi yer maydonini ajratish bo‘yicha 2019-yildagi hokim qaroriga o‘zgartirish kiritib, qarorni muvofiqlashtirishda amaliy yordam so‘ralgan. Bundan tashqari mahalla vakillari tuman hokimligiga murojaat etib, “Paxtakor” mahalla binosi tadbirkor tomonidan qurib bitkazilgan bo‘lsa-da, unga yer ajratish masalasi hal etilmaganini bildirgan. Shundan kelib chiqib, 2020-yilning fevralida tuman hokimi “Remarkable polygraph service” jamiyatiga bog‘ hududidan yer ajratish bo‘yicha ikkinchi bor qaror qabul qilgan. Bundan xabar topgan Teshaboy Azimov prezident portaliga murojaat yo‘llagan.

    Murojaat Uchtepa tumani prokuraturasi tomonidan ko‘rib chiqilgan. O‘rganishlar natijasida hokimning mazkur qarorida “Paxtakor” mahallasiga yer ajratish haqidagi qaror bekor qilinsin”, degan so‘zlar “Tadbirkorga bog‘ maydonidan 10 sotix yer berilsin mazmunidagi so‘zlar bilan alamashtirilgani aniqlangan. Ushbu masala yuzasidan prokuror tuman hokimligiga protest keltirgan. Unga ko’ra, hokim 2021-yilning avgustida tadbirkorga bog‘ hududidan yer ajratish bo‘yicha qarorni ikkinchi marotaba bekor qilgan.

    2022-yilning mayida Uchtepa tumani prokuraturasi Toshkent shahar tumanlararo ma’muriy sudining 2022-yilning yanvar oyidagi hal qiluv qarorini o‘rgangan. Tuman prokuraturasi sud qarorining tadbirkor tomonidan Uchtepa tumani hokimligi mansabdor shaxsining xatti-harakatlari yuzasidan bergan arizasini qanoatlantirish haqidagi qismini bekor qilish bo‘yicha Toshkent shahar ma’muriy sudining apelyatsiya instatansiyasiga protest keltirgan.

    Foto: “Daryo”

    Shu yilning iyun oyida Uchtepa tumani prokuraturasi Toshkent shahar ma‘muriy sudining apellyatsiya instansiyasiga portestni qaytarishni so‘rab ariza bergan. Unda tuman prokuraturasi vakili Toshkent tumanlararo ma‘muriy sudining 2022-yilning yanvar oyidagi qaroriga binoan arizachi “Remarkable polygraph service” MCHJning Uchtepa tuman hokimligi mansabdor shaxsining xatti-harakatlari ustidan murojaati yuzasida ko‘rgan ma’muriy ishiga nisbatan keltirgan apellyatsiyasini bekor qilishini so‘ragan.

    2022-yilning 4-iyul kuni Toshkent shahar ma’muriy sudi apellyatsiya instansiya sudlov hay‘ati ajrim qarorini qabul qilgan. Unda Uchtepa tumani prokuraturasining Toshkent shahar ma’muriy sudining apellyatsiya instatansiyasiga kiritgan protesti ko‘rib chiqilgan. Sud qaroriga ko‘ra, Toshkent tumanlararo ma’muriy sudi tomonidan 2022-yil 11-yanvardagi hal qiluv qaroriga nisbatan Uchtepa tumani prokurori tomonidan berilgan apellyatsiya protesti bo‘yicha ish yuritish to‘xtatilishi belgilangan.

    “Daryo” mazkur holat yuzasidan “Remarkable polygraph service” jamiyati rahbari tadbirkor Shahboz Hasanovdan izoh oldi.

    Shahboz Hasanov

    Shahboz Hasanov
    Foto: “Daryo”

    Tadbirkor Uchtepa tumani hokimligi mansabdor shaxsining xatti-harakatlari ustidan Toshkent shahar tumanlararo ma’muriy sudiga ariza bergan. 2022-yilning yanvar oyida sud ishi ko‘rilib, hal qiluv qarori qabul qilingan. Qarorda keltirilishicha, Prezidentining 2021-yildagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, 2021-yil 1-avgustidan hokimyat organlaridan yer uchastkalar yuzasidan qaror qabul qilish vakolati olib tashlangan. Uchtepa hokimining 2021-yil avgust oyidagi tadbirkorga bog‘ hududidan yer maydoni ajratish bo‘yicha qarorni bekor qilishga vakolati bo‘lmagan. Shu va boshqa maslalar keltirilib, tadbirkorning sudga bergan arizasi qanoatlantirilgan.

    “2019-yili ‘Paxtakor’ mahallasi binosini qurib topshirganmiz. O‘sha paytda ijarada turib tadbirkorlik qilganimiz bois, sohamizni kengaytirish, kattaroq zamonaviy poligrafiya korxonasini qurish uchun murojaat qilganmiz. Lekin hozirda poligrafiya sexiga ehtiyojimiz yo‘q. Endilikda ushbu yerdan maishiy xizmat ko‘rsatish maqsadida foydalanmoqchimiz. Bu yerga mexmonxona qurishni rejalashtirganmiz. Chunki atrofimizda hech qanday mehmonxona yo‘q. Davlat necha qavatga ruxsat bersa, shunga qarab qo‘shnilarning roziligi bilan qurilish olib boramiz.

    Ushbu yerni sotuvga qo‘yaganimiz haqida yolg‘on ma‘lumot tarqatilgan. Men yerni sotuvga qo‘ymaganman. Bu shunchaki nomimizni qoralash uchun uyushtirilgan.

    2020-yilning iyulida Uchtepa tuman prokurori “Paxtakor” mahallasida “Zamonaviy mahalla” loyihasi asosida mahalla markazi hamda savdo va maishiy xizmat shoxobchasi qurilishi uchun boshqa manzildan qo‘shimcha bo‘sh yer maydoni ajratib berilmagani haqida protest kiritgan. Unga qadar mahalla hududidan yer ajratish bo‘yicha bunday qaror borligini bilmaganman. Unga asosan tuman hokimligi qarorni bekor qilgan. Shu sababli Toshkent shahar tumanlararo ma‘muriy sudiga murojaat qilganman. Bu masalada hozirga kunda Toshkent shahar hokimligi tomonidan qarorga o‘zgartirish kiritilmoqda. Ular qurilgan mahalladan tashqaridagi yer maydonini berish ham qonuniy ekanligi bo‘yicha ilova qilmoqdalar. Chunki bu kabi muammolar shaharda juda ham ko‘p. Tadbirkorlar davlat qo‘ygan shartlarni bajarib mahalla binosini qurib topshirib bo‘lishgan. Ikki yildan buyon Qurulish ko‘chasida ajratilgan yer maydoni uchun soliqlarni to‘lab kelyapman. Ushbu yer maydoni “Remarkable polygraph service” korxonasi balansiga kiritilgan.

    2018-yili yer maydoni bizga berilgan paytda “bog‘ deydigan sharoitda bo‘lmagan. Daraxtlari juda ham kichik edi. 2022-yil iyulda Toshkent shahar Ekologiya qo‘mitasi xodimlari Uchtepa tumanidagi murojaat bo‘yicha tekchiruvga chiqqan paytda menga qo‘ng‘iroq qilishdi. “Bog‘ hududida joylashgan daraxtlarning barchasiga qandaydir kimyoviy modda ularni quritish mqasadida surtilgan”, deyishdi. Bundan bizni hech qanday xabarimiz yo‘q. Bu nafaqat bizga ajratib berilgan yer maydoni balki bog‘ning qolgan qismiga ham surtilgan ekan. 2022-yil mayda Ekologiya qo‘mitasi tomonidan qancha va qaysi o‘lchamdagi daraxtlar borligi ro‘yxatga olindi. Menga qurilishga ruxsat etilgan maydondagi daraxtlar zarar yetkazmagan holda ko‘chirishga huquqim borligini aytishdi. Toshent shahar hokimligi huzurida daraxtlarni zararsiz ko‘chirish korxonasi bor ekan. Ular yordamida daraxtlarni bog‘ning boshqa qismiga ko‘chirmoqchiman”, — deydi tadbirkor Shahboz Hasanov.

    “Daryo” nashri Uchtepa tuman hokimligidan izoh so‘radi.

    Hokimlikning bosh yurist konsulti Malik Choriyevning ta‘kidlashicha, Azimovlarga “Qurilish” ko‘chasi oxiridagi yer maydoni tuman hokimining 2012-yildagi qaroriga asosan biriktirilgan. Ushbu qarorda tadbirkor yoki fuqaroga yashash maydoniga tutash, qo‘shni yer maydonlari obodonlashtirish maqsadida berilishi nazarda tutilganini aytdi. Unga ko‘ra, yer maydonida tovuqxona, supa, avtoturargoh qurish taqiqlangan. Qarorda aholi yerni obodnolashtirish, daraxt ekish kabi umumiy maqsadda foydalanishi belgilangan. Tuman hokimligi vakili ma‘lumotiga ko‘ra, 2019-yilga kelib “Obod mahalla dasturi”ga binoan tuman hokiminig qarori asosida tadbirkorga bog‘ maydonidan yer ajratilgan.

    Malik Choriyev

    Malik Choriyev
    Foto: “Daryo”

    “Farmoyish bir martalik tartibda tadbiq etiladi, ya’ni unda davlat va jamoat ehtiyojlari uchun zarurat tug‘ilganda mahalliy davlat hokimiyati organi farmoyish asosida ajratilgan yer maydonini bir martalik ogohlantirish bilan o‘z zahirasiga qaytarib olish masalalari beliglangan. Ularga bir gektaru yetti sotix yer berilishi birinchi masala. Ikkinchi masala, farmoyishda “Yer maydonini bir umrlik egalik qilish, meros qilib qoldirish huquqlari bilan yer maydonining kvadrat metrlari o‘zgarmaydi”, degan qoida mavjud bo‘lmagan. Mahalliy davlat hokimiyat organi davlat va jamoat ehtiyoji uchun kerakli qismlarini zahiraga olib, yigirma sotix yer maydonini ularda qoldirilgan”, deydi Malik Choriyev.

    Uchtepa tumani vakili shunigdek, Teshaboy Azimov barpo etgan 20 sotix yer maydonidagi mevali hamda manzarali daraxtlarning taqdiri haqida ma’lumot berdi.

    “Ma’lumki, ekologiya tashkiloti bor. Har bir daraxtni noqonuniy tarzda nobud qilish ma’lum miqdordagi jarimalar qo‘llanilishiga asos bo‘ladi. Bu bo‘yicha 2020-yili faqat zarurat tufayli daraxtlarni kesish, bino va inshootlar davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer maydonlarida joylashgan daraxtlarni kesish bo‘yicha maratoriy e’lon qilingan. Har qanday daraxtni nobud qilishga nisbatan qonunda jaovbgarlik mavjud”, — deydi Malik Choriyev.

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatib boradi.

    25.07.2022, 17:33   Izoh (0)   14625
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganda qalbaki 14,2 ming dollarni muomalaga kiritmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi

    25.07.2022, 16:54

    Vazirlar Mahkamasining 422 ta qarori o‘z kuchini yo‘qotdi

    25.07.2022, 16:43

    Farg‘onada ov qurolini noqonuniy saqlagan shaxs aniqlandi

    25.07.2022, 16:21

    Andijonda Qirg‘izistondan gashish olib kelib sotgan 2 kishi ozodlikdan mahrum qilindi

    25.07.2022, 15:51

    Farg‘onada intim xizmat ko‘rsatgan massajxona xodimlari jarimaga tortildi (video)

    25.07.2022, 15:40

    IIV Facebook’dagi totalizator reklamalaridan ogohlantirdi

    25.07.2022, 15:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Pokiston havo zarbalari orqali Hindistonning muhim obyektlarini yo‘q qildi

    Dunyo | 10 may, 08:50

    Tong sehri: Jennifer Lopes, Opra Uinfri va boshqa mashhurlar nega soat 5 da turadi?

    Layfstayl | 10 may, 08:30

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.