Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida ov qurolini noqonuniy saqlagan shaxs aniqlandi. Bu haqda Ichki vazirligi jamoat xavfsizligi departamenti axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 16-iyul kuni tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro M.X. xonadonida tegishli ruxsatnomasiz “IJ-17” rusumli, bir stvolli, 16 kalibrli o‘qotar ov qurolini saqlab kelayotgani aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)