Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, suhbat avvalida Tojikiston yetakchisi O‘zbekiston rahbarini tavallud kuni bilan tabriklagan,
Ikki tomonlama kun tartibidagi hamda mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashilgan. Joriy yil 2—3-iyun kunlari Emomali Rahmonning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi yakunida erishilgan kelishuvlarni bajarish bo‘yicha yo‘l xaritasini o‘z vaqtida amalga oshirish muhimligi ta’kidlangan. Eng avvalo energetika sohasidagi kooperatsiya loyihalarini jadallashtirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Joriy yil sentabr oyida o‘tkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammitiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilingan.
Izoh (0)