Jizzax viloyati ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan go‘shtning noqonuniy tashilishiga chek qo‘yildi.
20-iyul kuniga o‘tar kechasi soat 00:05 larda G‘allaorol tumani hududida joylashgan “Sangzor-15” YPX maskanida Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida yashovchi O.Y. boshqaruvidagi Cobalt to‘xtatilgan.
Mashina tekshirilganida uning saloni va yukxonasida jami 490 kilogramm go‘sht mahsuloti borligi aniqlangan.
Haydovchi ushbu go‘sht mahsulotlarini Toshkent shahriga sotish uchun olib ketayotganini ma’lum qilgan, biroq hech qanday hujjat taqdim eta olmagani bois ushbu yuk hujjatlashtirilgan.
Go‘shtning iste’molga yaroqli yoki yaroqsizligini tekshirish maqsadida vaqtincha saqlash uchun muzxonaga joylashtirilgan.
Izoh (0)