• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Farg‘ona muzeyidagi sirli o‘g‘riliklar: Qimmatbaho eksponatlar qachon va qay holda qalbakisiga almashtirib qo‘yilgan? (video)

    Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida saqlanayotgan noyob eksponatlar qalbakilashtirilgani, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgan edi.

    Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi, Bosh prokuratura hamda Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi tomonidan Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida o‘rganish ishlari olib borilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    O‘rganish davomida muzeyda saqlanayotgan umumiy bahosi 2,5 milliard so‘mlik 70 ta noyob eksponatlar qalbakilashtirilgani, muzeyni kapital ta’mirlash uchun budjetdan ajratilgan 3,1 milliard so‘m mablag‘ning 1,4 milliard so‘mi mansabdor shaxslar tomonidan talon-toroj qilingani aniqlangan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Shuningdek, muzeyda saqlanishi lozim bo‘lgan 1 dona rangtasvir va 1 dona grafika asari ham topilmagan.

    Muzeydagi noyob eksponatlarning asl nusxalari qayerda? Qimmatbaho rangtasvir asarlari qachon va qanday qalbakilariga almashtirib qo‘yilgan? Nima uchun viloyat ichki ishlar boshqarmasiga berilgan ashyolarning bir qismi shu kungacha muzeyga qaytarilmagan? “Daryo” muxbiri bu kabi savollarga aniqlik kiritish maqsadida Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida bo‘ldi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Muzey direktori Xayrullo Zokirovning ta’kidlashicha, noyob eksponatlarning qalbakilashtirilgani haqidagi ma’lumotlar ishchi guruhning dastlabki xulosasi hisoblanadi. Bugungi kunda asl nusxa ekani shubha ostiga olingan asarlarni tajribali ekspertlar tomonidan o‘rganish ishlari davom etmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida Bosh prokuratura tomonidan o‘tkazilgan tekshirish natijalariga oid xabarlar tarqaldi. Haqiqatan ham, Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Artiqova tomonidan 2022-yil 11-mayda tasdiqlangan sohaga oid qonun hujjatlari ijrosini tekshirish dasturiga asosan joriy yilning may-iyun oylarida Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida ‘Muzeylar to‘g‘risida’gi qonun talablariga amal qilinishi, muzey ashyolari va kolleksiyalarining but saqlanishi, ommaga namoyish etilishi, byudjetdan ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi tahlil qilindi. Bugungi kunda muzeyimizda mingdan ortiq kartinalar mavjud bo‘lib, o‘rganish jarayonida asosiy e’tibor noyob eksponatlarga qaratildi. Ishchi guruh muzeyda saqlanayotgan 70 ta noyob eksponat qalbakilashtirilgani haqidagi dastlabki xulosaga kelgan bo‘lib, bugungi kunda tajribali ekspertlar tomonidan mazkur asarlarni o‘rganish ishlari davom etmoqda. Bu masalada hali yakuniy xulosa berilmagan. Shuningdek, muzeyni mukammal ta’mirlash uchun byudjetdan 3,1 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. 2020-yilda Madaniyat vazirligi o‘tkazgan tender g‘olibi sifatida City building mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan qurilish-ta’mirlash ishlari boshlangan. Lekin mazkur ishlar belgilangan muddatda yakuniga yetkazilmagan. Muzey binosini topshirish va qabul qilish dalolatnomalari rasmiylashtirilmagan. Muzey ma’muriyati ham yillar davomida qalbaki nusxalariga almashtirib qo‘yilgani taxmin qilinayotgan eksponatlarning, agar sud ekspertizasi shunday xulosaga kelsa, asli topilishidan, viloyat ichki ishlar boshqarmasidagi ashyolar qaytarilishidan, muzeyni ta’mirlash ishlari tez orada yakunlanishidan manfaatdor”, — deydi Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi direktori Xayrullo Zokirov.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Muzey bo‘lim boshlig‘i Jahongir Toybolayevning ma’lum qilishicha, qalbakilashtirilgani taxmin qilinayotgan eksponatlarning 56 tasi rangtasvir asarlari, qolgan 14 tasi esa numizmatikaga oid buyumlar hisoblanadi va ularning barchasi ayni vaqtda muzeyda saqlanmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida bugungi kunda 100 mingdan ortiq eksponatlar saqlab kelinmoqda. So‘nggi kunlarda muzeydagi ayrim noyob eksponatlar talon-toroj qilingani va qalbakisiga almashtirib qo‘yilgani aytilmoqda. Shubha ostiga olingan 70 dona eksponatning 56 tasi tasviriy san’at asarlari, qolgan 14 tasi esa numizmatikaga oid buyumlar hisoblanadi. Bu ashyolarning qalbaki ekanligi qanday aniqlandi, degan savol paydo bo‘lishi mumkin. Men ham xatlov jarayonlarida ishchi guruh a’zosi sifatida ishtirok etdim. Qoidaga ko‘ra, muzeyga olib kelingan har bir eksponat eng avval kirim kitobiga qayd etiladi. Ularning o‘lchami, hajmi, vazni, ranglari, muallifi, umuman, o‘sha ashyoga oid barcha tafsilotlar batafsil yoziladi. Tekshirish davomida kirim kitobidagi ana shu ma’lumotlar asarlarning asl holatiga to‘g‘ri kelmadi. Kitobdagi yozuvlar bilan eksponat ko‘rinishida ma’lum bir farqlar aniqlandi. Natijada shunday xulosaga kelindi. Albatta bu dastlabki ma’lumotlar hisoblanadi, o‘rganish ishlari davom etmoqda. Numizmatikaga oid ayrim eksponatlar haqiqatan ham qalbakilashtirilgani isbotlandi.  Lekin rangtasvir asarlari haqida aniq xulosani aytish qiyin. Chunki o‘sha paytda muzeyga aynan qalbaki asarlar qabul qilingan yoki asarga oid ma’lumotlar kirim kitobiga noto‘g‘ri yozilgan bo‘lishi ham mumkin. Barcha masalalarga tez orada oydinlik kiritiladi, degan umiddamiz. Agar mazkur eksponatlar qalbakisiga almashtirilgan bo‘lsa, aybdorlar tegishli jazosini olishiga ishonamiz. Qalbakilashtirilgani taxmin qilinayotgan barcha asarlar hozirgi kunda muzeyimizda saqlanmoqda”, — deydi Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi bo‘lim boshlig‘i Jahongir Toybolayev.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Qayd etilishicha, mazkur holatlarga oydinlik kiritish maqsadida malakali ekspertlar jalb qilingan va surishtiruv ishlari davom etmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi, Bosh prokuratura, Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi hamkorligida respublikamizdagi barcha davlat muzeylarida o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Shu jumladan, Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida ham sohaga oid qonun hujjatlari ijrosi bo‘yicha chuqurlashtirilgan monitoring o‘tkazildi. Monitoring davomida muzey fondida saqlanayotgan noyob asarlar birma bir tahlil qilib chiqilgan. Bosh prokuraturaning o‘rganishlari natijasida 70 ta noyob asar qalbakisiga almashtirilgani, ularning nusxasi borligi, asli yo‘qligi aniqlangan. Bu bo‘yicha malakali ekspertlardan iborat ishchi guruhi tuzilgan. Har bitta eksponat chuqurlashtirilgan holda o‘rganilgan. Asarlarning asl holati va daftarlarga qayd etilgan ma’lumotlarning bir biriga to‘g‘ri kelishi yo kelmasligi tahlil qilingan. O‘rganish muddati ham bir oydan ortiqroq davom etgan. Bundan tashqari, 2011-yilda viloyat ichki ishlar boshqarmasiga 21 ta noyob asar berilgan. Afsuski, bu ashyolarning 7 donasi shu kungacha muzeyga qaytarilmagan. Hozirda mazkur holatlar bo‘yicha Bosh prokuratura tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, — deydi viloyat Madaniy meros boshqarmasi bosh mutaxassisi Mirzarahmon G‘ofurov.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    2011-yilda muzey tomonidan Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasiga 21 nomdagi noyob ashyolar berilib yuborilgan. Muzey ma’muriyatining qayd etishicha, bu ashyolar tegishli hujjatlar va dalolatnomalar asosida vaqtincha foydalanish uchun berilgan.

    “Daryo” manbasining ma’lum qilishicha, o‘sha vaqtda viloyat ichki ishlar boshqarmasida kichik muzey tashkil etilgan va 21 nomdagi eksponatlar mazkur muzey fondini boyitish uchun olingan. 2016—2020-yillar davomida 14 nomdagi ashyolar muzeyga qaytarilgan, 7 dona rangtasvir asari esa noma’lum sabablarga ko‘ra shu kungacha qaytarilmagan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Muzey ma’muriyati viloyat IIB rahbariyatiga 2021-yil 17-sentabrda 81-sonli, 2022-yil 26-mayda 73-sonli xatlar bilan eksponatlarni qaytarish haqida talabnoma yuborgan. Shunday bo‘lsa-da, viloyat IIB tomonidan noyob eksponatlar qaytarilmay kelmoqda. Hozirgi kunda viloyat ichki ishlar boshqarmasida ushbu rangtasvir asarlari mavjud emasligi aniqlangan.

    Mazkur holat bo‘yicha Bosh prokuratura so‘rovi bilan viloyat ichki ishlar boshqarmasida ichki xizmat tekshiruvi tayinlangan. Xizmat tekshiruvi natijalari Bosh prokuraturaga taqdim etilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Hozirda aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    21.07.2022, 13:22   Izoh (0)   129946
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Biz ‘yashil rivojlanish’ bo‘yicha dunyoning yetakchi mintaqalaridan ancha orqadamiz” – Shavkat Mirziyoyev

    21.07.2022, 12:55

    Toshkent viloyatida “Katibatul tavxid val Jihod” terroristik tashkilotining 8 nafar a’zosi qo‘lga olindi

    21.07.2022, 12:54

    Shavkat Mirziyoyev global miqyosda muloqot va ishonch yo‘qolayotgani haqida gapirdi

    21.07.2022, 12:33

    “Qardosh xalqlarimiz ijobiy o‘zgarishlarning barchasini his qilyapti” — Shavkat Mirziyoyev

    21.07.2022, 12:10

    Qozog‘iston transafg‘on temiryo‘li qurilishida ishtirok etishga tayyor

    21.07.2022, 12:05

    “Murojaatsiz pensiya tayinlash tizimini joriy qilmoqchimiz” – Ruslanbek Davletov

    21.07.2022, 11:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kosondagi bog‘chada 2,5 yoshli qiz vafot etgani yuzasidan jinoiy ish ochildi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 14:30

    Janubiy koreyalik aktyor Li Min Xo muxlislaridan juda ko‘p sovg‘a olgani uchun tanqid ostida qoldi

    Kino | 28 iyun, 14:25

    Simone Inzagi: “Bunday bahslar bizning o‘sishimizga yordam beradi”

    Sport | 28 iyun, 14:22

    Oliy sud binosida elektr ta’minoti tiklangani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 14:15

    Avval fantastikadek tuyulgan endi esa haqiqatga aylangan 5 ta kino prognozi

    Kino | 28 iyun, 13:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.