• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Ishchilar 4 mln so‘m oylik olsa, tadbirkorlar 250-300 mln so‘m daromad qiladi”. Farg‘onadagi prezident borgan trikotaj majmuasidan reportaj

    Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida O‘zbekistonda yagona bo‘lgan yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, savdo va logistika majmuasi foydalanishga topshirildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev may oyida Farg‘onaga tashrifi davomida ushbu majmuada bo‘lib, bu yerda ish boshlagan tikuvchilik korxonalari faoliyati bilan tanishib, tadbirkorlar va xaridorlarga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirgan edi.

    Foto: “Daryo”

    Davlat rahbari sexlarda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar bilan ham muloqotida “Har bitta yo‘nalishimiz ertangi kunga zamin yaratadi. Tasavvur qilinglar, bir yildan so‘ng mahsulotlaringizni bozori chaqqon bo‘ladi. Sifat o‘zgaradi, talab o‘zgaradi, bozori ham bo‘ladi. Tayyor bozorga chiqib sotish mumkin bo‘ladi”, — degandi.

    “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov O‘zbekistonning eng yirik tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish markaziga aylanishi kutilayotgan ushbu majmuadan reportaj tayyorladi.

    Foto: “Daryo”

    Uchko‘prikda tikuvchi ayollar, oilaviy korxona tashkil etgan, mahalladoshlarini ishli qilgan tadbirkorlar ko‘p. Ayni kunlarda 1 ming 200 dan ortiq xonadondagi kichik sexlarda tikuvchilik va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. “Boboshbek”, “Paloxon”, “Bekmurod”, “Yakkamulla”, “Zig‘ir” kabi mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi aholi asosan mazkur yumush bilan band.

    Birgina “Boboshbek” mahallasidagi mingdan ziyod xonadonda 5 ming 300 nafar aholi istiqomat qiladi. E’tiborlisi, boboshbekliklar orasida ehtiyojmand oilalar, ish izlab xorijga ketadiganlar qolmagan — mahallaning mehnatga yaroqli aholisi uyida o‘tirib o‘z-o‘zini band qilgan. Mahalla aholisining salmoqli qismi o‘z xonadonida tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish, tadbirkorlik, savdo-logistika faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.

    Foto: “Daryo”

    Tasavvur hosil qilish uchun — mahalladagi 546 ta xonadonda kichik ishlab chiqarish sexlari mavjud, ularda 2 ming 600 nafardan ziyod xotin-qizlar doimiy ish bilan band. Ular safida nafaqat Uchko‘prikning turli mahallalaridan, balki qo‘shni Bag‘dod va Buvayda tumanlaridan kelgan xotin-qizlar ham talaygina.

    Bir yilda boboshbekliklar 10 million donadan ortiq trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaradi, uning ortidan keladigan foyda ham shunga yarasha — mazkur yumush bilan mashg‘ul har bir oila yiliga 50 milliondan 500 million so‘mgacha daromad qiladi.

    Mahalladagi Iroda Sodiqova, Hamida Akbarova, Bumayram Alixonova kabi tadbirkor ayollar 15-20 nafar mahalladoshlarini yoniga olgan. Qo‘li gul chevarlar tomonidan tayyorlanayotgan mahsulotlar nafaqat ichki bozorda, balki Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya singari bir qator davlatlarda ham xaridorgir.

    Mahalla ko‘chalari mo‘jazgina “jahon bozori”: bu yerda ignadan tortib ma­togacha, oddiy tikuv mashinalari-yu zamonaviy to‘quv dastgohlari, yarim tayyor mahsulotlargacha — tikuvchilik va to‘qimachilikda asqatadigan barcha narsalarni topish mumkin.

    Foto: “Daryo”

    Mahalladagi hokim yordamchisi Xurshidbek Samadovning aytishicha, boboshbekliklar qariyb 30 yildan buyon trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Bugun boboshbekliklar tikkan kiyim-kechaklar O‘zbekistonning barcha hududlariga yetib borgan, endigi marra — jahon bozorlari.

    “Yevropa mamlakatlariga o‘zimizda ishlab chiqarilgan bolalar va kattalar kiyim-kechaklaridan namunalarni, tijorat takliflarini jo‘natgan edik. Bir necha savdo do‘konlari tarmog‘i egalari aloqaga chiqib, mahsulotlarimizning tabiiyligi, sifati, narxi, doimiy ta’minlab berish imkoniyatlari bilan qiziqmoqda. Shu bois yaqin kunlarda yana mahsulotlardan namuna jo‘natish, marketing ishlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muloqotlar o‘tkazish harakatidamiz. Mahallada tayyorlanayotgan barcha mahsulotlar ‘Boboshbek’ brendi ostida eksport qilinishi rejalashtirilgan”, — deydi mahalladagi hokim yordamchisi Xurshidbek Samadov.

    Xurshidbek Samadov.

    Xurshidbek Samadov.
    Foto: “Daryo”

    Hamidaxon Akbarova mahalladagi ko‘plab tikuvchi-tadbirkorlarning ustozi. Bundan 22 yil avval oilaviy korxona tashkil qilib, uy sharoitida trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Hamidaxon opaning uyida tikuvchilik qilib, ish o‘rgangan qo‘ni-qo‘shnilar ham keyinchalik o‘z xonadonlarida kichik sexlar tashkil etgan. Shu tariqa, “Boboshbek” trikotajchilar mahallasiga aylana borgan. Biroq trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish sexlarining barchasi xonadonlarda joylashgan, tikuvchilar moslashtirilgan sharoitlarda ishlar edi. Bu ishchilar sonini ko‘paytirish, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirishga xalal berar edi.

    “2000-yilda uch-to‘rtta tikuv mashinasi bilan ish boshlaganmiz. Biznikida ishlab yurgan qo‘shnilar ham bu ishning sir-asrorlarini o‘rganib, uylarida oilaviy sexlar ochishdi. Bugun mahallada deyarli hamma trikotaj bilan mashg‘ul — har bir xonadonda bitta bo‘lsa-da tikuv mashinasi bor. Bizni uzoq yillardan beri bir muammo qiynardi — mahsulotlarimizni sotish uchun ixtisoslashgan bozor yo‘q edi. O‘tgan yili Rishtondagi xalqaro hunarmandchilik markazida prezidentimiz bilan uchrashib, bu muammoni yetkazdik — biror natija chiqishiga ishonib, ishonmay bozor uchun joy so‘radik. Prezidentimiz mahsulot ishlab chiqarish, uni sotish va eksport qilish imkonini beruvchi yaxlit majmua qurilishiga va’da berdi. Bir yil ichida mana shunday yirik majmua foydalanishga topshirildi. Zamonaviy sexlar keng va yorug‘, barcha sharoit yaratilgan. Bundan, ayniqsa, ishchilar xursand. May oyida prezidentimiz kelib, faoliyatimiz bilan tanishdi, ishlab chiqarayotgan mahsulotlarimizni ko‘rib, ishchilar bilan suhbatlashdi. “O‘tgan yili siz bilan uchrashganda zamonaviy bozor qurilishiga va’da bersam, ishonmagandingiz. Endi ishonch hosil qildingizmi. Hayajondanmi yo xursandchilikdan, bilmadim, ko‘zlarimga yosh keldi. Bizga bu uchrashuv qo‘shimcha kuch, rag‘bat va ishtiyoq berdi. Faoliyatimizni yana-da kengaytirishga undadi. Uyda 15 kishini ishlatgan bo‘lsak, bu yerda ishchilar soni ikki barobarga ortib, 30 nafarga yetdi. Yana 70 nafar xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashni mo‘ljallab turibmiz”, — deydi Hamidaxon Akbarova.

    Hamidaxon Akbarova.

    Hamidaxon Akbarova.
    Foto: “Daryo”

    Irodaxon Sodiqova o‘z xonadonida dastlab ikkita tikuv mashinasida ish boshlagan edi. Hozirda tikuv mashi­nalari 20 taga yetib, 30 nafarga yaqin mahalladoshlarini ishli qildi. Kichik oilaviy sexda har oyda 25-30 ming dona bolalar kiyim-kechaklari tayyorlanadi. Bu mahsulotlar ichki bozordan tashqari, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiyaga eksport qilinmoqda.

    2021 yili Rishton tumanidagi xalqaro hunarmandchilik markazida prezi­dent bilan uchrashuvda Iroda alohida bozor va savdo majmuasi qurilishida ko‘mak so‘ragandi. Bugun yangi majmuadan Iroda Sodiqovaga ham joy ajratil­di, endi u oilaviy korxonasidagi ish o‘rinlari sonini kamida 50 taga yetkazish niyatida.

    “Uyda 40 kvadrat joyda 18 kishini ishlatardik. 6 sotix yerda ham uy, ham tikuvchilik sexi joylashgan, ish joyimiz tor va noqulay edi. Qishda gaz yo‘q, elektr ko‘p o‘chardi. Ishchilar sonini ko‘paytirishga, faoliyatimizni kengaytirishga sharoit yo‘q edi. Yangi majmuada biz tadbirkorlar orzu qilgan hamma sharoit bor. Bir oyda ishchilarimiz soni 30 taga ko‘paydi. Tez orada ish o‘rinlarini 50 taga yetkazish niyatidamiz. 1 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar va qizlar uchun 100 turdagi kiyim-kechaklar ishlab chiqaramiz. Bir oyda 25-30 ming dona tayyor mahsulot sotamiz. Ishchilarimiz 4 million so‘mgacha oylik maosh oladi. Bir yilda o‘rtacha 250-300 million so‘m daromad qilamiz”, — deydi Iroda Sodiqova.

    Iroda Sodiqova.

    Iroda Sodiqova.
    Foto: “Daryo”

    Davlat rahbari viloyatga avvalgi tashrifi chog‘ida ushbu mahallada yashovchi tadbirkor ayollar bilan suhbatlashib, ular uchun zamonaviy majmua qurilishiga va’da bergan edi. Shu asosida, 2021-yil 27-may kuni “Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni, logistika va savdo tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” prezident qarori qabul qilindi.

    Qayd etilishicha, ushbu markaz yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hamda logistika va savdo tarmoqlarini rivojlantirishga mo‘ljallangan. Loyiha qiymati 250 milliard so‘mni, maydoni esa 15 gektarni tashkil etadi. Ajratilgan yer maydonining 9,2 gektarida ishlab chiqarish va 3,8 gektarida savdo komplekslari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

    Bu yerda 316 ta ishlab chiqarish sexi, 336 ta savdo do‘koni, 560 ta savdo rastasi bo‘ladi. Shuningdek, 2 gektar maydonda 2 ta logistika markazi tashkil etiladi. Natijada Boboshbek, Bekmurod, Zig‘ir, Paloxon va Yakkamulla kabi mahallalardagi yuzlab tadbirkorlarga zamonaviy qulaylik yaratiladi.

    Foto: “Daryo”

    Majmuada yiliga 876 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, 18 million dollarlik eksport qilinishi rejalashtirilgan. 7 ming 700 nafardan ortiq fuqaro doimiy ish o‘rniga ega bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

    Ayni vaqtda yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, savdo va logistika majmuasi qurilishining ikkinchi bosqich ishlari jadal davom etmoqda.

    18.07.2022, 20:12   Izoh (0)   22247
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda aholi daromadining kreditga yo‘naltiradigan qismini soliqdan ozod qilish chegarasi oshiriladi

    18.07.2022, 19:57

    “O‘zbekneftgaz”: Yanvar—iyun oylarida 340,7 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarilib, belgilangan reja ortig‘i bilan bajarildi

    18.07.2022, 19:30

    “Bir oydan keyin har bir viloyat hokimi qilgan ishlari haqida alohida hisobot beradi” — Shavkat Mirziyoyev

    18.07.2022, 19:26

    “Kuydirgidan to‘liq davolanib ketish mumkin va hech qanday asorat qolmaydi” — Nurmat Otabekov

    18.07.2022, 19:11

    Shavkat Mirziyoyev barcha hokimlarga bug‘doyni birjaga o‘z vaqtida chiqarish bo‘yicha topshiriq berdi

    18.07.2022, 18:53

    Qarshi shahrining sobiq hokimi Yo‘ldosh Qorayev 70 yoshida vafot etdi

    18.07.2022, 18:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    30 yil avvalgi yirik hisobning takrorlanishi, turnir jadvalidagi ilgarilash: “Navbahor” va “Mashʼal” o‘yinidan fotogalereya

    Sport | 29 iyun, 10:51

    Styuardessalar ularni chetlab o‘tadi: samolyotda iste’mol qilish tavsiya etilmaydigan ichimlik va taomlar

    Layfstayl | 29 iyun, 10:40

    “Asr to‘yi”: Jeff Bezosning Venetsiyadagi 50 mln dollarlik nikoh oqshomiga 200 dan ortiq mashhurlar tashrif buyurdi

    Shou-biznes | 29 iyun, 10:15

    O‘zbekistonda valyuta tushumini sotishdan bo‘yin tovlaganlik uchun jarima bekor qilinishi mumkin

    O‘zbekiston | 29 iyun, 10:00

    O‘zbekiston tovarlari uchun Pokiston portida maxsus ombor tashkil etilishi mumkin

    O‘zbekiston | 29 iyun, 09:00

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Chelsi” “Benfika”ni yirik hisobda mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi (video)

    Sport | 29 iyun, 08:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.