• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12790.43
    • RUB162.6
    • EUR14486.44
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zbekneftgaz”: Yanvar—iyun oylarida 340,7 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarilib, belgilangan reja ortig‘i bilan bajarildi

    “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayevning topshirig‘i bilan gazni qayta ishlash zavodlarida tabiiy gazdan suyultirilgan gaz ishlab chiqarishni oshirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar va loyihalar amalga oshirilmoqda.

    Jumladan, Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi va Muborak gazni qayta ishlash zavodidagi tabiiy gaz tarkibidan propan-butan aralashmasini ajratib olish qurilmalarini modernizatsiya qilish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobidan joriy yilda 662,2 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Bu o‘z navbatida 2021-yilga nisbatan 17 ming tonna ortiq ishlab chiqarishni yoki 102,6 foizni tashkil etadi.

    Bugungi kunda yillik suyultirilgan gaz ishlab chiqarish rejasini bajarish hamda 2022—2023-yillar kuz—qish mavsumida respublika aholisi va ijtimoiy soha obyektlariga suyultirilgan gazni uzluksiz doimiy yetkazib berish va ishlab chiqarish hajmlarini oshirish bo‘yicha “O‘zbekneftgaz” AJ va boshqarmalar mutaxassislaridan iborat ishchi guruhlar tuzilgan bo‘lib, ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini oshirish va barqarorligini ta’minlash bo‘yicha ishlar tizimli tashkil etilmoqda.

    Xususan, bugungi kunda Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hajmlarini oshirish bo‘yicha tegishli mutaxassislar tomonidan ishlar olib borildi. Kun isishi qurilmalarning texnologik jarayonlariga salbiy ta’sirini ko‘rsatib, ishlab chiqarish hajmlarining kamayishiga olib keldi, qo‘shimcha issiqlik almashtirish uskunalari va havo bilan sovutish uskunalarida yangi texnologik jarayonlar, ya’ni sovutish tizimini montaj qilib, ishga tushirish hamda mutaxassislar tomonidan texnologik jarayonlarga o‘zgartirishlar kiritish natijasida kunlik 50 tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarishni oshirishga erishildi.

    Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida ham suyultirilgan gaz ishlab chiqarishni oshirish maqsadida bir qator chora-tadbirlar belgilab olingan bo‘lib, bugungi kunda ishlar jadallik bilan olib borilmoqda.

    Yoz mavsumida kun isishi o‘z navbatida texnologik jarayonlarga hamda qurilmalarning barqaror ishlashiga ham salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. Ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlash maqsadida, 1-navbat qurilmasi kirish qismidagi havo bilan sovutish uskunasi atrofiga qo‘shimcha sovutish uskunasi montaj qilinmoqda.

    Gazdan propan-butan aralashmasi ajratib olish qurilmalari ishlab chiqarish foydali ish koeffitsiyentini oshirish maqsadida, 8, 9-sonli gaz haydash agregatlarida pompajga qarshi himoya klapanlari Chirchiq shahridagi Dresser-Rand tashkilotida ta’mirlanib, quvvatlarini tiklash ishlari olib borilmoqda. Ushbu ishlarni amalga oshirish natijasida, Sho‘rtan neft va gaz boshqarmasidagi gazdan propan-butan aralashmasini ajratib olish qurilmalarida kunlik suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hajmlarini 30 tonnaga oshirish imkoni yaratiladi.

    Kuz—qish mavsumida qurilmalar barqarorligini ta’minlash maqsadida, Muborak gazni qayta ishlash zavodida kecha-yu kunduz ishlar tashkil etilib, qurilmalarni ta’mirlash ishlari qisqa muddatda amalga oshirildi. “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi Mexriddin Abdullayev topshirig‘i bilan qurilmalarni ta’mirlash uchun kecha-yu kunduz ishlar tashkil etish hisobidan, ta’mir vaqtida qisqarishi mumkin bo‘lgan miqdorlarning oldini olishga erishildi. Shuningdek, qurilmalarni barqaror ishlash evaziga iyun oyi o‘rtacha ishlab chiqarishga nisbatan kunlik 35 tonna miqdorlar oshirishga erishildi.

    2022-yilning yanvar—iyun oylarida “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi neft va gaz qazib chiqarish boshqarma, zavodlarida suyultirilgan gaz ishlab chiqarish reja ko‘rsatkichi 319,5 ming tonna belgilangan bo‘lib, amalda 340,7 ming tonna ishlab chiqarildi va reja bajarilishi 106,6 foizni (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 109,8 foiz) tashkil etdi.

    Shuni alohida ta’kidlash joizki, butun respublika bo‘ylab ishlab chiqarilgan suyultirilgan gaz “O‘zbekneftgaz” AJning boshqarma va zavodlarida amalga oshiriladi. Xorijiy va qo‘shma korxonalarga ham “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan suyultirilgan gaz ishlab chiqarish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish evaziga amalga oshiriladi.Statistik ma’lumotlarga nazar soladigan bo‘lsak, respublika bo‘yicha xorijiy korxonalar bilan birga yanvar—iyun oylarida 408,5 ming tonna reja belgilangan bo‘lsa, amalda 427,8 ming tonna ishlab chiqarishga erishilgan, reja 104,7 foizga bajarilgan.

    Respublikadagi xorijiy kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarish hajmlarini oshirish maqsadida, “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan doimiy hamkorlikda amaliy yordam berib kelinmoqda.

    Ishlab chiqarilgan suyultirilgan gazni realizatsiya qilish yanvar—iyun oylarida respublika iste’molchilariga 378,6 ming tonna yetkazib berish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 399,5 ming tonna yetkazib berilgan. Reja bajarilishi 105,5 foizni tashkil etgan.

    Shu bilan birga, birinchi navbatda aholining maishiy ehtiyoji va ijtimoiy soha obyektlari uchun “Hududgazta’minot” AJning hududiy gaz ta’minoti filiallariga suyultirilgan gaz kelishilgan jadvallar asosida yetkazib berilishi ta’minlanmoqda. Hisobot davrida 297,2 ming tonna yetkazib berish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 297,3 ming tonna rejaga nisbatan 100 foiz (o‘sish sur’ati 106,3 foiz) yetkazib berildi.

    2019—2022-yillarda aholining maishiy ehtiyoji va ijtimoiy soha obyektlari uchun “Hududgazta’minot” AJning hududiy gaz ta’minoti filiallariga har yiliga qo‘shimcha yetkazib berish hajmlari oshirilib borilmoqda. Tahlil natijalariga ko‘ra, 2019-yilning 1-yarim yilligida 224,2 ming tonna yetkazib berilgan bo‘lsa, o‘rtacha kunlik 1,2 ming tonnani tashkil etgan. 2022-yilning 1-yarim yilligida esa 297,3 ming tonna yetkazib berilgan, bu o‘z navbatida bir kunda o‘rtacha 1,6 ming tonnani tashkil etgan.

    “O‘zbekneftgaz” AJning boshqarma va zavodlari tomonidan suyultirilgan gazni sifatli va jahon standartlariga mos ko‘rsatkichlarda yetkazib berish, ishlab chiqarish quvvatlarini yanada oshirish va respublikaning barcha turdagi iste’molchilariga belgilangan miqdorlarda uzluksiz yetkazib berish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

    “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati

    18.07.2022, 19:30   Izoh (0)   9371
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Bir oydan keyin har bir viloyat hokimi qilgan ishlari haqida alohida hisobot beradi” — Shavkat Mirziyoyev

    18.07.2022, 19:26

    “Kuydirgidan to‘liq davolanib ketish mumkin va hech qanday asorat qolmaydi” — Nurmat Otabekov

    18.07.2022, 19:11

    Shavkat Mirziyoyev barcha hokimlarga bug‘doyni birjaga o‘z vaqtida chiqarish bo‘yicha topshiriq berdi

    18.07.2022, 18:53

    Qarshi shahrining sobiq hokimi Yo‘ldosh Qorayev 70 yoshida vafot etdi

    18.07.2022, 18:29

    O‘zbekistonda kadastr hujjatlari bo‘lmagan xonadonlarga yer solig‘ini uch karra oshirib hisoblash amaliyoti vaqtincha to‘xtatib turiladi

    18.07.2022, 18:15

    “Ajratilayotgan ekin yerlarida ishsiz aholini dehqonchilikka o‘rgatish orqali daromadli qilish — sizlarning eng ustuvor vazifangiz”. Shavkat Mirziyoyev hokim yorda...

    18.07.2022, 18:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Sistit — bu uyat emas!


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    HAMAS garovdagilarni ozod qilish uchun shart qo‘ydi

    Dunyo | 1 iyun, 23:35

    Rossiya Kubogi. “SSKA” superfinalda “Rostov”ni yengib, bosh sovringa ega chiqdi, Fayzullayev zaxiradan maydonga tushdi

    Sport | 1 iyun, 22:48

    Turkiyada Ukraina va Rossiya muzokaralarining 2-raundi bo‘lib o‘tadi

    Dunyo | 1 iyun, 22:45

    Futbol tarixidagi eng kuchli 10 ta futbol akademiyasi nomi e’lon qilindi

    Sport | 1 iyun, 21:47

    Isroil tanklari G‘azoda ovqat kutayotganlarga o‘t ochib, 32 kishini o‘ldirdi

    Dunyo | 1 iyun, 21:45

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 500 ta dron ishtirokidagi shou

    O‘zbekiston | 1 iyun, 21:00

    Qozog‘iston armiyaning tayyorgarligini tekshirish uchun mashqlar o‘tkazadi

    Qozog‘iston | 1 iyun, 20:40

    Mayda oylik inflyatsiya keskin oshdi. Qaysi hududlarda narxlar tez o‘smoqda?

    Iqtisodiyot | 1 iyun, 20:13
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.