• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Pul

    Bir necha oydan beri Rossiya sanksiyalar ostida. Buning oqibatlari qanday bo‘lmoqda?

    The Bell nashri Rossiyaga qarshi sanksiyalarni batafsil tahlil qildi. “Daryo” maqolaning asosiy joylarini keltirib o‘tadi.

    Sanksiyalarning ta’siri qanaqa?

    Muayyan davlatga qarshi sanksiyalar kamdan-kam hollarda uning siyosatini o‘zgartirishga yordam beradi. Siyosatni o‘zgartirish uchun “sanksiyalar tahdidi”ning o‘zi odatda yetarli. 

    Haqiqiy cheklovlar ko‘pincha hokimiyatni emas, balki iqtisodiyot va hayot sifatini buzadi.

    Buni bir nechta yo‘l bilan tushuntirish mumkin. 

    Birinchidan, sanksiyalar odatda avtoritar davlatlarga nisbatan qo‘llaniladi.

    Ikkinchidan, dunyo o‘nlab yillar davomida globallashuv sari intilib, kapital va tovarlar harakatiga to‘sqinlik qilayotgan to‘siqlardan xalos bo‘lib kelmoqda. Shu sababli ma’lum bir iqtisodiyotga qarshi choralar ko‘pincha boshqa davlatlarga ham tarqaladi.

    Foto: Bloomberg

    Sanksiyalar ish bermayotgandek tuyulishi mumkin

    Yevropa Ittifoqi tomonidan Rossiya neftining 90 foiz importiga nisbatan qo‘ygan embargosi ​​kuchga kirmadi, shuning uchun uni Rossiyada eksport daromadlari o‘sib bormoqda. 

    Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi urushning dastlabki 100 kunida mamlakat energiya resurslaridan 93 mlrd yevro foyda olgan bo‘lsa, uning 57 mlrd yevrosi Yevropa Ittifoqidan kelgan.

    G‘arb Rossiya bilan cheklangan hamkorlikka ega, Xitoy va Hindiston esa, aksincha, ko‘proq import qilmoqda. 

     

    Mart-may oylarida Hindistonda Urals neftining importi 2021-yilga nisbatan 658 foizga, Xitoyda esa 205 foizga o‘sdi. 

    Rossiya bu ikki davlatga 25-30 foiz chegirma bilan xomashyo soatayotgan bo‘lsada sanksiyalar ortidan kelgan yo‘qotishlarni deyarli qopladi. 

    AQSH va Yevropa Rossiyaga nisbatan sanskiyalarni ilgari surdi, ammo globallashuv sharoitida ularning o‘zlari azob chekmoqda. 

    May oyida energiya narxining oshishi tufayli Yevropada yillik inflyatsiya 8,1 foizgacha ko‘tarildi va ittifoqning tashqi savdo taqchilligi tarixdagi rekord darajaga yetdi — 32,4 mlrd yevro.

    Foto: Bloomberg

    Sanksiyalar qachon ishlashni boshlaydi?

    Bankir Oleg Vyuginning fikriga ko‘ra, sanksiyalar haqida gapirganda, ularning ta’sirida vaqtni hisobga olish kerak. 

    Shuning uchun u sanskiyalarni guruhlarga ajratadi: 

    • darhol moliyaviy sanksiyalar;
    • savdo va logistika cheklovlari; 
    • zamonaviy texnologiyalarni olib kirishni taqiqlash;
    • moliyaviy sanksiyalar. 

    Urush boshlangan vaqtda kapitalning transchegaraviy harakatini blokirovka qilish rublning qulashiga olib keldi. 

     

    Rubl esa mamlakatda neft va gaz borligi sabab tezda mustahkamlandi. Yaqin kelajakda Rossiya budjet taqchilligiga uchrashi kutilmoqda. 

    Bunga mudofaa xarajatlari va ijtimoiy nafaqalar oshishi, energiya soliqlari kamayishi sabab bo‘ladi.  

    Rossiya Moliya vazirligida chet el valyutasini sotib olish bilan bog‘liq muammolar yo‘q, Markaziy bank banklar va kompaniyalarni xarid qilish uchun hisoblagichli ruxsatnomalar beradi. 

    Ammo bu muammolarga olib keladi, ularning jiddiyligi oshadi. Rubl kursining haqiqiy konvertatsiya qilinmasligi iqtisodiy faoliyatga bosim o‘tkazadi. 

     

    Bunga misol qilib O‘zbekiston banklarida rublni sotib olish va sotish orasidagi katta farqni keltrishimiz mumkin.

     

    Foto: Bloomberg

    Logistika cheklovlari 

    Rossiya korxonalarida bir necha oy davomida yetarli mahsulot bor edi. Endi ularni parallel import va boshqa “koridorlar” bo‘ylab tashish kerak bo‘ladi. 

    Kamomadni qoplash mumkinmi yoki yo‘qmi, hozircha aniq emas. 

    Import qilinadigan butlovchi qismlarni muqobil variant bilan almashtrish zarur. Bu xarajatlarning oshishiga va boshqa yo‘qotishlariga olib keladi, — deydi Vyugin.

    Texnologik import

    Bunda cheklovlar ko‘p yillar davomida iqtisodiyotga ta’sir qilishi mumkin. 

    Rossiyada zamonaviy standartlarga javob beradigan barcha ishlab chiqarish jahon texnologiyalari va uskunalarini qarzga olish va moslashtirish natijasidir. 

    Agar yetarlicha ta’minot bo‘lmasa, mamlakat “texnologik izolyatsiya”da bo‘ladi.

    Rossiya G‘arb mahsulotlarini kam rivojlangan mamlakatlarniki bilan almashtirishga intiladi. Bunda sifat muammosi yuzaga keladi. 

    Xitoy G‘arb o‘rnini bosa oladimi?

    “Xitoyning import o‘rnini bosishi” hali ham so‘roq ostida, deydi Moskva davlat universiteti qoshidagi Iqtisodiy siyosatni o‘rganish markazi direktori Oleg Buklemishev. 

     

    Buning ortidan Xitoy ikkinchi darajali sanksiyalarga duch kelishi mumkin. Xitoyda transport, to‘lov va bojxona infratuzilmalari ham hamkorlik uchun sust rivojlangan. 

    Rossiya kompaniyalarining hammasi ham Osiyo bilan “kichik sherik sifatida” ishlashga tayyor emas.

    Rossiya agar Xitoy maqbul yechimlarni topsa ham, mamlakat biznesi raqobatbardoshligini yo‘qotib, mahsulotlarni o‘ta qimmat narxlarda sotib oladi.

    Rossiyani qanday tarkibiy o‘zgarishlar kutmoqda

    Bahordan beri Rossiya Markaziy banki iqtisodiyot tarkibiy o‘zgarishlardan o‘tishi kerakligini aytmoqda. 

    Tahlilchi Oleg Buklemishevning fikricha, bu jarayon evfemizm — o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish sharoitida iqtisodiyotning degradatsiyasiga aylanadi.

     

    Degradatsiya — bu obyekt yoki hodisaning xususiyatlarini vaqt o‘tishi bilan yomonlashuvi, tabiat va vaqt qonunlariga muvofiq tashqi ta’sir tufayli materiyaning asta-sekin yomonlashishi, pasayishi, yo‘q qilinishi.

    Amaldagi sanksiyalarni tarixdagi boshqa misollar bilan solishtirib bo‘lmaydi, deydi “Iqtisodiy qurollar” kitobi muallifi Nikolas Madler. 

    Keng tarqalgan sanksiyalar asosan Eron va Venesuela kabi kichik iqtisodiyotlarga nisbatan qo‘llanilgan, Rossiya esa dunyodagi o‘n birinchi yirik iqtisodiyot va asosiy resurslar yetkazib beruvchisi hisoblanadi.

    Tahlilchilar 2014—2015-yillarda Rossiyaga qarshi cheklovlar boshqa voqea deb hisoblashadi.

    O‘shanda Rossiyada kapital bozorlari yopildi, neft narxi ikki barobar pasaydi, inflyatsiya oyiga deyarli 4 foizga yetdi.

    Ammo keyin AQSH o‘z siyosatini qayta ko‘rib chiqgach Rossiyada energiya resurslari narxi oshdi, mamlakat jahon bozorlariga qaytdi.

    2022-yilda inflyatsiya deyarli bir zumda oyiga 10 foizga tezlashdi va rubl ikki hafta ichida 40 foizga tushdi, shu bilan birga neft narxi ko‘tarildi. 

     

    Shunday qilib, yil oxirida mamlakat iqtisodiyoti Rossiya Iqtisodiyot vazirligi va Markaziy banki bashorat qilganidek 10 foizga emas, balki 13-15 foizga pasayishi mumkin.

    Tahlilchilar hozirgi inqirozni tarkibiy deb hisoblashadi. Rossiya 1990-yillarning boshida shunga o‘xshash narsani boshdan kechirgan. 

    1990-yil McDonalds’da navbatda turgan rossiyaliklar

    1990-yil McDonalds’da navbatda turgan rossiyaliklar
    Foto: Bloomberg
    Mamlakat biznes aloqalarini yo‘qotgan edi, lekin ularni qayta tiklashga muvaffaq bo‘ldi. 

    Farqi shundaki, o‘sha paytda mamlakat ichida aloqalar barbod bo‘lgan, hozir esa tashqi dunyo aloqalari bilan shunday bo‘lmoqda. 

    Keyin xorijiy davlatlar bilan aloqa tovarlarning bozor bahosi, resurslar va milliy valyutaning salmog‘ini aniqlashga yordam berdi. Endi tariflar va narxlar cheklovlar bilan buzilgan.

    Rasmiylarning fikricha, iqtisodiyot tiklanadi va asta-sekin avvalgi texnologik darajaga qaytadi.

    14.07.2022, 19:10   Izoh (0)   34191
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda Rossiya va Belarusdan kelgan ekspatlar sababli uylarning ijara narxlari oshmoqda

    14.07.2022, 14:42

    Sovg‘alar va korrupsiya bir-biri bilan bog‘liqmi? O‘zbekiston va jahon tajribasi

    14.07.2022, 11:53

    O‘zbekistonda eski uylar narxi dollarda 6,2 foizga oshdi

    13.07.2022, 22:21

    Namangan va Sirdaryoda keskin o‘sish, Andijon va Qashqadaryoda pasayish: O‘zbekistonda yangi uylar uchun narxlar qanday bo‘lmoqda?

    13.07.2022, 20:33

    Qizlar uchun Skills4Girls trening dasturi ishga tushirildi

    13.07.2022, 18:23

    IT Park 20 yoshida oyiga 1000 dollar ishlab topadigan yigit haqida hikoya qildi

    08.07.2022, 22:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Putin yadrochilar bilan maxfiy yig‘ilish o‘tkazdi

    Dunyo | 24 avgust, 21:10

    Shavkat Mirziyoyev bir guruh harbiylar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini mukofotladi — ro‘yxat

    O‘zbekiston | 24 avgust, 20:20

    O‘zbekistonda 40 kunda fermer xo‘jaliklari 30,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qildi

    Toshkent viloyati | 24 avgust, 20:12

    Shimoliy Koreya yangi zenit raketalarini sinovdan o‘tkazdi (foto)

    Dunyo | 24 avgust, 18:57

    Iordaniya podshohi O‘zbekistonga keladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 18:30

    Turkiyaga ishlash uchun borib, aldanib qolgan ayol ortga qaytarildi

    Samarqand | 24 avgust, 18:21

    Isroil zarbalari sabab qurbon bo‘lgan g‘azoliklar soni yana 63 kishiga ko‘paydi

    Dunyo | 24 avgust, 17:55

    Xitoyda uch yoshli qizchaning boshidan 15 sm pichoq chiqarib olindi

    Dunyo | 24 avgust, 17:32

    Haddan oshgan muxlislar: dahshatli ta’qiblarga uchragan jahon yulduzlari

    Kino | 24 avgust, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.