• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Pul

    Sovg‘alar va korrupsiya bir-biri bilan bog‘liqmi? O‘zbekiston va jahon tajribasi

    Korrupsiyaning tarixiy o‘zaklari juda-juda qadimga borib taqalib, bu hol qabilada ma’lum mavqega ega bo‘lish uchun qabila sardorlariga sovg‘alar berish odatidan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    O‘sha davrlarda bu normal holat sifatida qabul qilingan. Keyinchalik korrupsiyaning, xususan sovg‘alar oldi-berdisining davlat rivojlanishiga katta to‘siq ekanligi anglashildi.

    BMT’ning Davlat mansabdor shaxslarining xalqaro odob-axloq kodeksiga ko‘ra, davlat mansabi milliy qonunchilikka ko‘ra aniqlanadi, bu mansab ishonchga asoslangani uchun davlat manfaatlarini ko‘zlab harakat qilish majburiyatdir.

    Unda mansabni egallash davrida va undan ketgandan keyin ham o‘zining shaxsiy hamda xotini (eri) yoki qaramog‘idagi shaxslarning daromadlari haqida ma’lumotlarni e’lon qilish, sovg‘alar yoki boshqa tarzda e’tibor belgilarini qabul qilmaslik bo‘yicha umumiy talab va cheklovlar belgilangan.

     

    Bundan tashqari, BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga ko‘ra, ommaviy mansabdor shaxslarni mashg‘ulotlar, investitsiyalar, aktivlar hamda muhim sovg‘alar to‘g‘risidagi deklaratsiyalarni taqdim etishga majbur qiladigan holatlar belgilanishi lozim.

    O‘zbekiston ushbu Konvensiyani 2008-yil 7-iyulda ratifikatsiya qilgan.

    Unda jinoyatchilikka, shu jumladan, korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha ikki tomonlama hukumatlararo va idoralararo kelishuvlar tuzilgan va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha qabul qilingan xalqaro hujjatlar tasdiqlangan.

    Bundan tashqari, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun loyihasiga davlat xizmatida sovg‘a olish-berish, shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha ishlab chiqilgan “Sovg‘a siyosati” nomli alohida bob kiritildi.

    Sovg‘a siyosatini belgilashda qanday omillarga e’tibor qaratilishi lozim?

    Britaniyalik ekspert Skott Filostin sovg‘alarning korrupsiya xavfi sifatida yoritilgan ilmiy maqolasida sovg‘alarning korrupsiyadan farqli jihatlarini aniqlashda quyidagi tartiblarga rioya qilishni ta’kidlagan:

    Jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati sovg‘alarning aniq miqdori, qanday tartibda va kimlarga taqdim etilishi yoki qabul qilinishi, sovg‘a nimalardan tashkil topishi va boshqa shu kabi aniq normalarni o‘z ichiga oladi.

     

    Bunda mazkur qoidalar sovg‘alarni qabul qilinishi va taqdim etilishini cheklamaydi yoki batamom taqiqlamaydi, balki sovg‘alarning miqdori va ularni olish muayyan normalar bilan tartibga solinadi.

    Bular rahbar-xodimlarning o‘rnatilgan ichki tartib-qoidalarga rioya etuvchi preventiv choralar hisoblanadi.

    Shuningdek, ekspertning ta’kidlashicha, sovg‘a siyosatining asosiy vazifasi korrupsiya predmeti va sovg‘a o‘rtasidagi chegarani aniq belgilanib berilishida namoyon bo‘ladi.

    Shuningdek, xorijiy davlatlarda ham sovg‘alar berilishi bilan bog‘liq qoidalar belgilangan.

     

    Jumladan, Germaniyada davlat xizmatchilariga sovg‘a sifatida taqdim etilgan moddiy qiymatliklar miqdori 25 yevrodan oshsa auksion orqali sotiladi.

    25 yevrogacha bo‘lgan kichik qiymatli buyumlar sovg‘a sifatida berilishi mumkin.

    Parlament a’zosi o‘z mandati yuzasidan mehmon yoki mezbon sifatida olgan sovg‘aning qiymati 200 yevrodan oshsa parlament raisiga deklaratsiya taqdim etadi.

    Agar sovg‘a unga maqbul bo‘lsa, Federal kassa idorasiga ekvivalent tovon puli evaziga sovg‘ani saqlab qolish uchun ariza berishi mumkin.

    Germaniyada pul mablag‘larini qabul qilish mutlaqo mumkin emas va bu belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.

     

    Yaponiyada yuqori lavozimli amaldorlarning 5 ming iyenadan yuqori bo‘lgan qiymatdagi sovg‘alar, xayriya va hokazolarni olganligi haqida hisobot berish majburiyati yuklatilgan.

    Sloveniyada davlat xizmatchisi 75 yevrogacha bo‘lgan miqdordagi sovg‘ani qabul qilishi mumkin bo‘ladi. Sovg‘a aynan bir shaxs tomonidan taqdim etilayotganda, 1 kalendar yili davomida 150 yevrodan oshmasligi kerak.

    Har bir xodim tomonidan qabul qilingan sovg‘a to‘g‘risida komplayens xizmatiga xabar berilishi shart. Agarda sovg‘aning qiymati o‘rnatilgan miqdordan oshgan taqdirda, mazkur sovg‘a kompaniya mulkiga aylanishi lozimligi ko‘rsatib o‘tilgan.

     

    Rossiyada davlat xizmatchisi o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslardan mukofotlar olishi taqiqlanadi.

    Rasmiy marosimlar, xizmat safarlari va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan davlat xizmatchisi olgan sovg‘alari Rossiya mulki deb tan olinadi va davlat organi yoki mahalliy davlat hokimiyati organi qaroriga bilan davlat xizmatchisiga beriladi.

    Xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqib, qonunchilikda sovg‘alar bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini yangi bosqichga olib chiqadi.

    Shuningdek, “niqoblangan” korrupsiya ko‘rinishlariga barham berishga, davlat xizmatchilarini halollik, adolatlilik va qonuniylik tamoyillariga asosan faoliyat yuritishiga “kafolat” bo‘ladi.

    Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti mas’ul xodimi Shoira Alamonova

    14.07.2022, 11:53   Izoh (0)   21274
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda eski uylar narxi dollarda 6,2 foizga oshdi

    13.07.2022, 22:21

    Namangan va Sirdaryoda keskin o‘sish, Andijon va Qashqadaryoda pasayish: O‘zbekistonda yangi uylar uchun narxlar qanday bo‘lmoqda?

    13.07.2022, 20:33

    Qizlar uchun Skills4Girls trening dasturi ishga tushirildi

    13.07.2022, 18:23

    IT Park 20 yoshida oyiga 1000 dollar ishlab topadigan yigit haqida hikoya qildi

    08.07.2022, 22:10

    “Magic City — sharqona muhitdagi kichik Yevropa” — O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan IT mutaxassis taassurotlari

    07.07.2022, 22:21

    O‘zbekistonda yarim yilda 36,4 mingta odamga 6,5 trln so‘m ipoteka kreditlari ajratilgan

    07.07.2022, 18:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonga 859 dona zargarlik buyumlarini yashirincha olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 09:53

    AQSH generali: “NATO Kaliningradni misli ko‘rilmagan tezlikda egallashi mumkin”

    Dunyo | 18 iyul, 09:45

    Luis Dias qay holatda “Barselona”ga o‘tishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 18 iyul, 09:35

    Eron prezidenti kortejidagi muammo sababli taksida ketishga majbur bo‘ldi

    Dunyo | 18 iyul, 09:25

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 09:12

    Trampga surunkali venoz yetishmovchiligi tashxisi qo‘yildi (video)

    Dunyo | 18 iyul, 09:04

    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi

    Reklama | 18 iyul, 09:00

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 08:47
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.