Markaziy bank O‘zbekistondagi ko‘chmas mulk bozorining umumiy ko‘rinishi haqida ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, joriy yilning ikkinchi choragida yangi uylarning narxlari 2,4 foizga qimmatladi.
Oylik dinamikani hisobga olganda asosiy o‘sish aprel oyida kuzatildi — 2,3 foiz. May—iyun oylarida yangi uy-joylar uchun narxlar deyarli o‘zgarishsiz qoldi.
2022-yilning ikkinchi choragida eng yuqori narx o‘sishi Namangan viloyatida kuzatildi— 26 foiz.
Sirdaryo viloyatida yangi uylar 23,9 foizga qimmatlagan bo‘lsa, Qoraqalpog‘istonda bu ko‘rsatkich 22,3 foiz bo‘ldi.
Eng ko‘p narx tushishi Andijon viloyatida kuzatilgan — 6,8 foiz. Qashqadaryoda yangi uy-joylar narxi 5,9 foizga, Surxondaryoda 4,9 foizga, Xorazmda 4,8 foizga arzonlagan.
Uy sotib olish va sotish bo‘yicha bitimlar soni ikkinchi chorakda 81,9 mingtaga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,2 foizga ko‘pdir.
Toshkent viloyatidan tashqari (kichik pasayish -2,8 foiz) barcha viloyatlarda ko‘chmas mulk operatsiyalari soni oshdi.
Tugallangan savdo shartnomalaridagi eng katta o‘sish Xorazmda kuzatildi — 27,8 foiz.
Navoiy viloyatida bu ko‘rsatkich 17 foiz bo‘lgan bo‘lsa, Jizzaxda 16,8 foiz bo‘lib qayd etilgan.
Izoh (0)