Markaziy bank O‘zbekistondagi ko‘chmas mulk bozorining umumiy ko‘rinishi haqida ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, ikkilamchi uy-joy narxlari birinchi chorakda sezilarli darajada oshganidan keyin, ikkinchi chorakda narxlarning o‘sishi sekinlashgan.
2022-yilning birinchi choragida eski uylar so‘mda 10 foizga, dollarda 4,7 foizga qimmatlagan edi.
Ikkinchi chorak natijalariga ko‘ra, uylar narxi so‘mda 2 foizga, dollarda 6,2 foizga yuqorilagan.
Ikki indeksdagi farq so‘m kursining dollarga nisbatan joriy chorakda kuchayishi bilan izohlanadi.
Uy sotib olish va sotish bo‘yicha bitimlar soni ikkinchi chorakda 81,9 mingtaga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,2 foizga ko‘pdir.
Toshkent viloyatidan tashqari (kichik pasayish -2,8 foiz) barcha viloyatlarda ko‘chmas mulk operatsiyalari soni oshdi.
Tugallangan savdo shartnomalaridagi eng katta o‘sish Xorazmda kuzatildi — 27,8 foiz.
Navoiy viloyatida bu ko‘rsatkich 17 foiz bo‘lgan bo‘lsa, Jizzaxda 16,8 foiz bo‘lib qayd etilgan.
Izoh (0)