• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Shri-Lanka prezidenti oilasi bilan mamlakatni tark etdi

    Shri-Lanka prezidenti Nandasena Gotabaya Rajapaksa mamlakatdan uchib ketdi. Bu haqda AFP mahalliy mansabdorlarga tayanib xabar berdi, deb yozadi “RBK”.

    Foto: Global Look Press

    Foto: Global Look Press

    AFP’ga immigratsiya xizmati vakillari ma’lum qilishicha, Rajapaksa rafiqasi va tansoqchilari bilan birga 12-iyul, seshanbadan 13-iyul, chorshanbaga o‘tar kechasi Maldivga qarab uchgan An-32 harbiy samolyoti yo‘lovchilari orasida bo‘lgan.

    “Interfaks” xabariga ko‘ra, mahalliy aviadispetcher xizmati dastlab Shri-Lanka prezidenti samolyotining qo‘nish so‘rovini rad etgan, so‘ng Maldiv  xalq majlisi spikeri va sobiq prezident Muhammad Nashid vaziyatga aralashgan.

    Avvalroq Rajapaksa Amerika vizasini olishga uringani, ammo unga rad javobi berilgani haqida The Hindu nashri AQSHning Kolombodagi elchixonasi amaldoriga tayanib ma’lum qilgandi. Parlament spikeri Maxina Yapa Abeyvardena prezident “qo‘shni mamlakatda” bo‘lib turganini aytgan, ammo keyinroq yanglishganini da’vo qilib, bu xabarni rad etgandi.

    9-iyul kuni ertalab namoyishchilar prezident qarorgohini egallab oldi, prezident avvalroq u yerdan xavfsiz joyga ko‘chirib o‘tilgandi. O‘shandan buyon uning joylashgan joyi noma’lum bo‘lib turgandi. Shuningdek, bosh vazir Ranil Vikramasingxe ham xavfsiz boshpanaga joylashtirilgan, uning uyi esa o‘sha kuni kechqurun yoqib yuborildi. Kollupitiya provinsiyasi politsiyasi o‘t qo‘yilishi yuzasidan uch kishini hibsga oldi, keyinroq ularning ishi jinoiy tekshiruvlar bo‘limiga berildi.

    Ommaviy tartibsizliklar va qarorgohining egallab olinishidan keyin Rajapaksa o‘z lavozimini tark etishga rozi bo‘ldi. Abeyvardena davlat rahbari 13-iyul kuni iste’foga chiqishini ma’lum qildi. Rajapaksa ketgan taqdirda parlament spikeri mamlakatning vaqtinchalik prezidentiga aylanadi. Vikramasingxe ham yangi umumpartiya hukumati shakllanganidan keyin bosh vazirlikdan  ketishga rozilik berdi. Bir qator vazirlar ham iste’fo berishini e’lon qildi. Prezident qarorgohini egallab olgan namoyishchilar Rajapaksa, Vikramasingxe va hukumat iste’foga chiqmagunicha u yerni tark etmasligini ma’lum qilgandi.

    9-iyuldagi ommaviy tartibsizliklar Shri-Lankada bahorda iqtisodiy inqiroz fonida boshlangan noroziliklarning avj nuqtasiga aylandi. Aprelda hukumat valyuta yetishmasligi tufayli eng zarur mahsulotlar importi bilan bog‘liq muammolar sababli tashqi qarz bo‘yicha defolt e’lon qildi. Moliya vazirligi mamlakatdagi moliyaviy vaziyat pandemiya va Ukrainadagi voqealar oqibatida yomonlashganini ma’lum qildi. Vazir Ali Sabrining hisob-kitoblariga ko‘ra, mamlakatda inqirozni yengish uchun tashqaridan 3 milliard yevro miqdorida moliyaviy ko‘mak kerak.

    Mahalliy The Print gazetasi 9-iyul kungi tartibsizliklarda kamida 45 kishi jabrlangani haqida yozgandi, shularning yetti nafari — xavfsizlik kuchlari xodimlari. Ularning ko‘pchiligi namoyishchilar va politsiya o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda jabrlandi, bunda xavfsizlik kuchlari suv zambarajlari va ko‘zni yoshlantiruvchi gazdan foydalangan.

    Avvalroq BMT bosh kotibi Shri-Lankadagi inqirozni hal qilish uchun muloqotga chaqirgan edi.

    Mavzuga doir:

    • Shri-Lanka prezidenti Rossiyadan moliyaviy yordam so‘radi
    • Shri-Lanka iqtisodiyoti giperinflyatsiya holatiga kirdi

    13.07.2022, 09:42   Izoh (0)   29447
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kuchli yomg‘ir sabab Pokistonning Karachi shahrini suv bosdi (foto)

    12.07.2022, 22:57

    Gurbanguli Berdimuhamedov o‘g‘lining nomidan Sindzo Abeni xotirlash marosimini o‘tkazdi

    12.07.2022, 20:10

    Hindiston dunyo miqyosida aholisi eng ko‘p mamlakatga aylanmoqda — BMT

    12.07.2022, 18:56

    Putin Tehronda Erdo‘g‘on va Raisiy bilan uchrashadi — Kreml

    12.07.2022, 17:55

    NASA James Webb teleskopi yordamida olingan koinotning eng aniq tasvirini chop etdi (foto)

    12.07.2022, 16:12

    “Azot” xarobalari. Xarkovning o‘qqa tutilishi oqibatlari. Pensiyani rublda olayotgan xersonliklar. Urushning 138-kunidan fotoreportaj

    12.07.2022, 14:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Bir-birimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada Telegram va WhatsApp orqali qo‘ng‘iroqlar qisman cheklovga uchradi

    Dunyo | 14 avgust, 00:05

    O‘zbekistonga mol go‘shti importi ikki baravar oshirildi

    Iqtisodiyot | 13 avgust, 23:50

    Tramp, Putin va Zelenskiy uchrashuvi uchun joy izlanmoqda — CBS

    Dunyo | 13 avgust, 23:40

    Suriya va Turkiya harbiy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi

    Dunyo | 13 avgust, 23:30

    O‘zbekistonga elektromobil importi rekord darajada ortdi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 23:15

    YKL saralashi. “Bashakshehir” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Viking”ni mag‘lub etdi. Shomurodovdan assist

    Sport | 13 avgust, 23:09

    Qozog‘iston Markaziy Osiyoda birinchi spot bitkoin joylashgan mamlakatga aylandi

    Dunyo | 13 avgust, 23:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.