Qozog‘iston 12-iyuldan boshlab Rossiya va O‘zbekiston bilan davlat chegarasi orqali 12 ta avtomobil o‘tkazish punktlari faoliyatiga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi, deb xabar bermoqda “Kazinform”.
Koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha idoralararo komissiya qaroriga ko‘ra, quyidagi avtomobil nazorat punktlari faoliyati tiklandi:
- O‘zbekiston bilan chegaradagi “Selinniy” (O‘zbekiston tomonidan “Oq oltin”) va “Sirdaryo” (O‘zbekiston tomonidan “Malik”);
- Rossiya bilan chegaradagi “Rondibay”, “Akbalchiq”, “Qizil Jar”, “Naiza”, “Jezkent”, “Baytanat”, “Koyanbay”, “O‘rda”, “Shagan”, “Karashatau”.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasidagi “Oq oltin” va “Malik” avtoyo‘l o‘tkazish punktlari 2017-yilning may oyida ochilgan. Koronavirus pandemiyasi sababli ushbu avtomobil nazorat-o‘tkazish punktlari 2020-yilning mart oyidan boshlab to‘xtatilgandi.
Izoh (0)