• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Bergan mehrimga va do‘st bo‘lgan vaqtimga achinaman”. Farrux Raimov Hamdam Sobirov bilan avvalgi va hozirgi munosabatlari haqida (video)

    “Mango” guruhining a’zosi Farrux Raimov “Sevimli” telekanalining “Mashhurlar” ko‘rsatuviga bergan intervyusida guruhning sobiq a’zosi Hamdam Sobirov bilan do‘stligi haqida gapirdi.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram
    Haqiqatan ham yoshiligimdan birga o‘sgan do‘stim. Joyi kelsa o‘zim yemasam ham, kiymasam ham, unga berganman, kerak bo‘lsa ota-onamga ham qarshi chiqqanman. Bergan mehrimga va do‘st bo‘lgan vaqtimga achinaman. U 500 ming dollarlik mashina minadimi yoki shaharning yarmini sotib olib, milliarder bo‘lib ketadimi, mayli. Yoshlikdagi do‘stlik yo‘q. Oradagi odamlar baribir munosabatlarni buzar ekan. Hozir undan ham, boshqasidan ham xafa emasman.

    Hamdam bilan do‘stligimizning buzilishiga oila sababchi bo‘lgan. Buni o‘zi xohladi, o‘rtada hech qanaqa urush bo‘lgani yo‘q. Bir narsani aytishim kerak, men Hamdamdan kibri uchun xafa bo‘lganman. Lekin bu ishni menga qilmagan, ikkita o‘rtog‘imga qilgan, kimligini Alloh biladi. U kelib ko‘rishmoqchi ham, yarashmoqchi ham bo‘ldi, lekin yurakdan xohlamadi. Kimlardir qayergadir chaqirdi, bormadim, joyi kelganda bir joyda ko‘rishib qoldik. Bo‘lmadi, sababi bu ko‘ngilni og‘ritadi. Boshqa do‘stlarim bilan urishsam ham, mayli, bir-ikki yil bo‘lgan bo‘lsa hech narsa emas. U bilan bitta oliygohda, kollejda birga o‘qiganmiz. Ikkalamiz institutga imtihon bo‘lishidan ikki kun oldin Navoiydan avtobusga birga o‘tirib kelganmiz. Hech narsamiz, uyimiz yo‘q bo‘lgan, to‘g‘ri institutga borganmiz. To‘g‘risi, qancha qiyinchilik bo‘lgan bo‘lsa, birga yonma-yon turganman. Juda ko‘p mehr berib yuborgan ekanman.

    Men bergan mehrni u qabul qila olmagandir balki. Ko‘rmaganning ko‘rgani qursin, hozir hamma bir o‘zim bo‘lay deydi, u ham shunaqa degandir. Mayli, to‘yib olsin. Qanaqa voqea bo‘lishidan qat’i nazar meni eshitardi, balki u o‘zini eshitishlarini xohlagandir yoki oilasidagilar gaplashmaysan, degandir.

    Men bilmayman. Kelib, yuzimga sen bilan do‘st bo‘lolmas ekanman, boshqa odamlar bilan do‘st bo‘lishim kerak ekan, deb aytgan. Nimaga, deb so‘rasam javob bermadi. Bir kuni keldi, o‘sha paytda yigirma kun gaplashmay ketganmiz, qayerdasan, tez sen bilan ko‘rishmasam bo‘lmaydi dedi, kelib quchoqlashib ko‘rishdi, noto‘g‘ri qilibman dedi, hammasi yaxshi bo‘lganida yana yo‘qolib qoldi. Qanaqa tushunish kerak, bilmadim. Mayli, taqdir shunaqa ekan, uning yo‘li boshqa, meniki boshqa. Omadini bersin, unga nisbatan hech qanday g‘arazligim yo‘q. Kun kelib tushunar balki.

    Farrux Raimov, xonanda

     

    Xonanda “Mango” guruhining bo‘linib ketishiga pul sabab bo‘lganini, guruhning sobiq a’zosi Azizxonning Hamdam Sobirov bilan ham aynan shuning uchun munosabatlari buzilganini aytgan.

    Boshidan aytadigan bo‘lsam, guruhdagi hamma oddiy sharoitdagi oiladan bo‘lgan. Ko‘rmaganning ko‘rgani qursin, pul kelganidan keyin shunday bo‘ladi. Necha marotaba oramiz buzilgan bo‘lsa, barchasiga pul sababchi bo‘lgan. Kibr, pul... Birinchi marta urishib qolganimizda ayb Azizxonda bo‘lgan. Shundan keyin kelisha olmaganmiz, men ketganman, keyin qaytib kelganman. Mendan keyin u ketdi, undan keyin Hamdam. Keyin guruhga Oybek keldi. Manmanlik, kibr, bir-birini tushunmaslik bo‘lsa bo‘lmaydi baribir. Necha marotaba harakat qilib ko‘rdik, bo‘lmadi. Guruhda kimdir kimnidir aynitgan, fe’l-atvori bir-biriga to‘g‘ri kelmagan yoki qilgan ishimizni ko‘ra olmaganmiz”, — deydi Farrux Raimov intervyusida.

    12.07.2022, 12:51   Izoh (0)   47643
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ota-onasi ularni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘lidan kelgan hamma narsani qilgan mashhurlar (foto)

    12.07.2022, 10:40

    Ko‘plab filmlarda rol ijro etgan, biroq tomoshabinlar bir obrazi orqali eslaydigan jahon kinosi yulduzlari (foto)

    11.07.2022, 21:43

    2022-yilning birinchi yarmida internetda eng ko‘p muhokama qilingan Bollivud yulduzlari (foto)

    11.07.2022, 13:50

    Gollivud aktrisasi Kirsten Danst turmushga chiqdi

    11.07.2022, 09:02

    Ajoyib suratlar: Anjelina Joli, Joni Depp, Kianu Rivz va boshqa mashhurlar birinchi rolini ijro etganda qanday ko‘rinishda bo‘lgan?

    10.07.2022, 15:35

    Instagram: O‘zbekistonlik mashhurlardan bayram tabrigi, ayyomda o‘ziga mashina sovg‘a qilgan Feruza Normatova, Sevara qizini ko‘rsatdi

    09.07.2022, 22:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Zelenskiy: Ukraina Konstitutsiyasi “yer bilan savdolashishga” yo‘l qo‘ymaydi

    Dunyo | 17 avgust, 22:50

    Kuvaytda alkogoldan 23 kishi vafot etdi

    Dunyo | 17 avgust, 22:15

    “Rossiya Ukrainaning 5 ta viloyati bo‘yicha yon berdi” — Uitkoff

    Dunyo | 17 avgust, 21:10

    Afg‘oniston va O‘zbekiston 243 mln dollarlik energetika shartnomasini imzoladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 20:15

    Xitoyda qizning qornidan 2 kg soch to‘plami olib tashlandi

    Dunyo | 17 avgust, 19:30

    Tramp Putinning butun Donbassni egallash talabini qo‘llab-quvvatladi — OAV

    Dunyo | 17 avgust, 18:40

    Putin Shavkat Mirziyoyevga Alyaskadagi sammit haqida ma‘lumot berdi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 18:08
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.