Ichki ishlar vazirligi ommaviy tartibsizliklarni tarqatishda qo‘llaniladigan maxsus texnik vositalar haqida ma’lumot berdi.
Videodan ko‘rish mumkinki, tartibsizliklarni tinchitishda Janubiy Koreyaning “Jino” kompaniyasida ishlab chiqarilgan maxsus suv purkagich va granatalardan foydalaniladi. Mashinadan uch xil rangdagi bo‘yoq sepish mumkin va Nukusda aynan qizil bo‘yoqdan foydalanilgan.
Granatalar orasida portlab, odamni garanglatadigan, ko‘zni, nafas yo‘llarini achishtiradigan, qizil bo‘yoq sachratadigan, ochiq joylarni qichishtiradiganlari bor. Bundan tashqari, yana bir granata o‘zidan baland ovoz chiqarib, bir muddatga gangitadi. Oq tutun chiqaradigan, 25—30 metr masofadagi jismga jarohat yetkazadigan turlaridan ham foydalaniladi.
Izoh (0)