Samarqand viloyatida sintetik yoqut toshlarini noqonuniy sotishga uringan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat Bojxona boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, u soxta toshlarni 250 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan.
Shuningdek, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida salkam 120 million so‘mlik qimmatbaho va sun’iy toshlar hamda deyarli 1,5 kilogramm tilla taqinchoqlar fosh qilingan.
Izoh (0)