• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12357.09
    • RUB153.49
    • EUR14330.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Qurbon hayiti munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

    O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev.

    O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Tabrik matni quyida to‘lig‘icha keltiriladi.

    Muhtaram vatandoshlar!

    Mana shu fayzli damlarda Yer yuzidagi jami musulmon ummati qatori qalbi shukuhga to‘lib turgan siz, azizlarni – nuroniy otaxon va onaxonlarimizni, qadrli aka-uka va opa-singillarimizni, navqiron yoshlarimizni, iymon-e’tiqodli xalqimizni ulug‘ ayyom – Qurbon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, eng ezgu tilaklarimni bildiraman.

    Ushbu saodatli onlarda hammamiz avvalo Iyd al-adho bayramiga el-yurtimiz bilan birgalikda tinchlik-omonlik va sihat-salomatlikda yetkazgani uchun Yaratganga cheksiz shukronalar aytishimiz tabiiydir.

    Barchamizga ayonki, islom dini avvalo tinchlik, ezgulik va insoniylik dinidir.

    Muqaddas Qur’oni karimning yuzdan ortiq oyatlarida tinchlikka chaqirilgan, xususan, “Baqara” surasida: “Ey, imon keltirganlar! Yoppasiga tinchlik ishiga kirishingiz!” – deya marhamat qilingan.

    Hozirgi g‘oyat murakkab va tahlikali zamonda tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish, uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash va mustahkamlashdek o‘tkir talablar yurtimizda yashayotgan har bir mo‘min-musulmon, har bir inson uchun har qachongidan ham dolzarb bo‘lib turibdi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.

    Ishonamanki, bu ezgu va muqaddas vazifa O‘zbekistonda yashayotgan har bir fuqaroning qalb da’vati va insoniy burchiga aylanib, mustaqilligimizni mustahkamlash, xalqimizning tinch, erkin va farovon hayotini, farzandlarimizning yorug‘ kelajagini ta’minlash yo‘lida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

    Hurmatli do‘stlar!

    Alloh taolo tomonidan aziz va mukarram qilib yaratilgan insonni, uning sha’ni, qadr-qimmati va hurmatini ulug‘lash kabi muqaddas tushunchalarni o‘zida aks ettirgan ushbu bayram yurtimizda inson qadrini yuksaltirish, xalqimizni hayotdan rozi qilish borasida olib borayotgan keng ko‘lamli islohotlarimizning ma’no-mazmuniga har tomonlama uyg‘un va hamohang ekani bilan ham ayniqsa e’tiborlidir.

    Keyingi yillarda mamlakatimizda milliy-diniy qadriyatlarimizni tiklash va rivojlantirishga har tomonlama e’tibor qaratilmoqda. Tabarruk ziyoratgoh va qadamjolar, ko‘hna masjid va madrasalarni obod qilish, buyuk ajdodlarimizning bebaho ma’naviy-ma’rifiy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib etish borasida olib borayotgan ishlarimiz xalqimiz va dunyo jamoatchiligi tomonidan e’tirof etilayotgani barchangizga yaxshi ma’lum.

    Ayniqsa, fuqarolarimizning diniy e’tiqod borasidagi huquq va erkinliklari to‘la ta’minlanib, mo‘min-musulmonlarimiz ibodat amallarini emin-erkin bajarmoqdalar.

    Bu haqda so‘z yuritganda, ikki yillik koronavirus pandemiyasi cheklovlaridan so‘ng bu yil 12 ming vatandoshimiz muqaddas haj amallarini bajarish imkoniga ega bo‘lgani, keyingi 6 oyda 40 mingga yaqin yurtdoshimiz umra ziyoratini ado etganini ta’kidlash lozim.

    So‘nggi yillarda shakllangan ezgu an’anamizga muvofiq, Qurbon hayiti munosabati bilan e’lon qilingan dam olish kunlari yurtdoshlarimizga bu ayyomni o‘z oilasi va yaqinlari bag‘rida yanada mazmunli o‘tkazish, go‘zal va betakror yurtimiz bo‘ylab ko‘ngilli sayohatlarni amalga oshirish uchun qulaylik yaratadi.

    Biz tabarruk dinimiz va o‘lmas qadriyatlarimiz, o‘zaro hurmat, mehr-muruvvat, saxovat va hamjihatlik, sabru qanoat va shukronalik singari ulug‘ fazilatlarni mustahkamlab kelayotgan muborak Qurbon hayitining barhayot an’analari asrlar osha insonlarni, turli xalqlar va elatlarni birlashtiruvchi beqiyos ma’naviy kuch bo‘lib xizmat qilayotganidan faxrlanamiz.

    Fursatdan foydalanib, dunyoning olis va yaqin mamlakatlarida yashayotgan musulmon do‘st va birodarlarimizni, xorijiy hamkorlarimizni ushbu mo‘tabar ayyom bilan qutlab, ularga bardavom tinchlik, ravnaq va farovonlik tilaymiz.

    Aziz yurtdoshlar!

    Barchangizni muqaddas Qurbon hayiti bayrami bilan yana bir bor tabriklayman.

    El-yurtimizning bu muborak oyda qilgan ibodatlari, ezgu niyatlari ijobat bo‘lsin!

    Alloh taolo go‘zal diyorimizni, olijanob va bag‘rikeng xalqimizni hamisha o‘z panohida asrasin!

    Aziz Vatanimizda tinchlik va barqarorlik hamisha bardavom bo‘lsin!

    Ezgu ishlarimiz, intilishlarimizda Yaratganning O‘zi doimo madadkor bo‘lsin!

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi prezidenti

    08.07.2022, 21:08   Izoh (0)   14790
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda soxta yoqut toshlarini 250 ming dollarga pullayotgan shaxs qo‘lga tushdi (video)

    08.07.2022, 20:34

    Shavkat Mirziyoyev geologiya sohasidagi natijalar va yil yakunigacha bo‘lgan rejalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi

    08.07.2022, 20:25

    Yaponiyani ikki marta va eng uzoq muddat boshqargan Sindzo Abe kim edi?

    08.07.2022, 20:22

    Toshkentda dorixona boshqaruvchisi 4 mlrd so‘mni talon-toroj qilgani aniqlandi

    08.07.2022, 19:59

    Zaynilobiddin Nizomiddinov O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga saylandi

    08.07.2022, 19:44

    Uzbekistan Airways Nyu-Yorkka parvozlar sonini oshiradi

    08.07.2022, 19:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH Ukrainaga 3000 dan ortiq uzoqqa uchadigan raketalar beradi — WSJ

    Dunyo | 24 avgust, 23:21

    Shavkat Mirziyoyev Zelenskiy va Ukraina xalqini Mustaqillik kuni bilan qutladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 22:56

    Isroil armiyasi Yaman poytaxtiga hujum qildi (video)

    Dunyo | 24 avgust, 22:13

    O‘zbekiston elchixonasi Ukrainani mustaqillik kuni bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 21:44

    Putin yadrochilar bilan maxfiy yig‘ilish o‘tkazdi

    Dunyo | 24 avgust, 21:10

    Shavkat Mirziyoyev bir guruh harbiylar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini mukofotladi — ro‘yxat

    O‘zbekiston | 24 avgust, 20:20

    O‘zbekistonda 40 kunda fermer xo‘jaliklari 30,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qildi

    Toshkent viloyati | 24 avgust, 20:12

    Shimoliy Koreya yangi zenit raketalarini sinovdan o‘tkazdi (foto)

    Dunyo | 24 avgust, 18:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.