Saudiya Arabistonining davlat neft-gaz kompaniyasi Saudi Aramco avgustda Osiyo uchun neft narxini oshiradi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Osiyoga yetkazib beriladigan neftning asosiy navi — Arab Light’ning sotuv narxi iyul oyiga nisbatan 2,8 dollarga oshib, bir barrel uchun 9,3 dollarni tashkil qildi.
Ma’lumotlariga ko‘ra, Osiyoda xom neftga talab yuqoriligicha qolmoqda.
Aprel oyida Saudiya Arabistoni barcha mintaqalardagi xaridorlar uchun neft narxini oshirdi.
Bu Saudi Aramco’ning birinchi chorakdagi foydasini 82 foizga, ya’ni 39,5 mlrd dollargacha oshirishga yordam berdi.
Avvalroq Rossiya Xitoyga neft yetkazib berish bo‘yicha Saudiya Arabistonini ortda qoldirib, birinchi o‘ringa chiqqani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)