Ispaniya milliy politsiyasi mamlakat va Gibraltar hududida kelishilgan o‘yinlar bilan shug‘ullangan uyushgan jinoiy guruhni qo‘lga olgan. Bu haqida Interpolning rasmiy sayti ma’lum qildi.
Ushbu mukammal o‘ylangan tarmoq asosan quyi ligalar bilan bog‘liq faoliyatdan 500 ming yevrodan ortiq daromad qilgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar 21 kishini hibsga olgan, yana 6 kishi tergov qilinmoqda. Politsiyachilar, shuningdek, 60 ming yevro naqd pul, ikkita avtomobil, mobil qurilmalar va kompyuter texnikalarini musodara qilgan.
Izoh (0)