• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    O‘yinlarni sotish, terma jamoadagi maoshi va chet eldan tushgan taklif haqida. Vadim Abramov bilan intervyu

    O‘zbekiston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Vadim Abramov YouTube’dagi Alter Ego loyihasiga bergan intervyu berdi. Quyida Abramovning o‘yinlarni sotish, terma jamoadagi maoshi va totalizator haqidagi fikrlari taqdim etiladi.

    Vadim Abramov

    Vadim Abramov
    Kadr: YouTube / Alter Ego
    O‘yinlarni sotish haqida

    Men o‘yinlarni sotish bo‘yicha chempionman? Bunday deyotganlar mening statistikamni olib qarasin: nechta o‘yin yutqazganman va kimga sotganman. Misol uchun, Olimpiya terma jamoasining BAAga qarshi o‘yinini olaylik, mengacha hech qaysi murabbiy hal qiluvchi bosqichgacha yetib bormagan. Men ikki marta boshqargan va ikki marta hal qiluvchi bosqichgacha borganman. O‘sha o‘yinda bizni Olimpiadadan yarim soat ajratib turgandi. Qaysi ahmoq bunday vaziyatda o‘yinni sotadi, ular nima haqida gapirmoqda o‘zi?

    Futbolchilar sotadi o‘yinni, murabbiy emas. Bilasizmi, qanday qilib? Men ham sotishim mumkin, har qanday murabbiy kabi, bunda muammo yo‘q. Faqat buni amalga oshirish uchun futbolchilarga aytish kerak. O‘yinchilar esa tirik, ulardan so‘rasa bo‘ladi, detektor ham ishlatish mumkin, buning hech qanday qiyin joyi yo‘q. Vaqt o‘tgandan keyin baribir hammasi chiqib keladi. Ular shunday o‘ylashni xohlasa, o‘ylayversin. Yutqaza olmasligimdan faxrlanaman, bitta-ikkita o‘yinni yutqazaman, meni ishdan olib tashlashadi. Mendan oldin o‘sha bosqichlarga yaqin ham kelmagan odamlar esa ishlayvergan va ishlashda davom etmoqda.

    2011-yilgi Osiyo Chempionati haqida

    Musobaqaga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik, Yevropa jamoalari bilan o‘yinlar o‘tkazgandik. O‘shanda ustimizdan kulishgandi ham, Albaniya terma jamoasi bilan o‘ynaganimizda bir toifa jurnalistlar har xil gaplarni yozgandi va albanlarning kuchiga juda past baho bergandi. Ularni tushunaman, ularning maqsadi bor, mayli o‘z ishlari bilan shug‘ullanaversin, balki ular shu tariqa o‘zbek futboliga yordam berar. Lekin o‘sha Albaniya keyin Angliyani ham yutgan. Biz katta ishni amalga oshirgandik va yaxshi tarkib yig‘ilgandi.

    Avstraliyaga qarshi o‘yin haqida

    Bu futbol. Aytish mumkinki, baxtsiz hodisa. Birinchi golgacha hammasi yaxshi ketayotgandi. Keyin ikkinchi gol va qizil kartochka. Shundan so‘ng bu o‘yinda g‘alaba qozona olmasligimizni tushundim va yoshlarga imkon berishga qaror qildim. Ular esa gol urishni xohladi va oldinga yugurib ketishni boshladi. Qarshi hujumlarda jazolanaverdik. Shunaqasi ham bo‘lib turadi. Nafaqat men, yetuk murabbiylarda ham shunday bo‘lib turadi. 6 marta 1:0 ga yutqazgandan ko‘ra bir marta 6:0 ga yutqazgan yaxshi.

    Terma jamoadagi maoshi haqida

    Oyiga 250 million olganmanmi? Sizga shunday javob beraman: 2011-yilda oyligim bir million ikki yuz ming so‘m bo‘lgan. O‘shanda bu narsa kimnidir qiziqtirganmi? Terma jamoada ham, “Bunyodkor”da ham maoshim mendan oldingilardan kam bo‘lgan. Buni ular ham biladi. Bu ma’lumotni ataylab chiqarib yuborishgan. Unda Ektor Kuperning ham oyligini aytishsin. Va oldingi murabbiylarnikini ham. Ularning ham, mening ham maoshimni aytishsin, shunda adolatdan bo‘ladi.

    Totalizator haqida

    G‘arbda bu biznes va hamma xuddi boshqa o‘yinlar kabi buni o‘ynaydi. Men ham bir vaqtlar o‘ynaganman, xo‘sh, nima qilibdi? Chunki Toshkentda o‘ynaydigan joy bor edi. 2008-yildan beri o‘ynamayman. Futbolni tushunganim uchun jonli efirda pul tikkanman va yutganman, normal holat. Shu yerdan men haqimda “totalizatorchi” degan gap chiqqan bo‘lsa kerak. O‘ynashni to‘xtatganimga sabab, bunday joylarning yopilgani bo‘lgan. Ishonasizmi, yo‘qmi, telefonda umuman o‘ynamaganman. Bunday saytlarni qanday ishlatishni ham bilmayman.

    Aziz Haydarov bilan saralash bosqichidagi kelishmovchilik bo‘lgani haqida

    Aziz Haydarov vaqt o‘tganidan keyin nima qilib qo‘yganini tushunib yetadi. Uning nima qilgani haqida esa gapirishni istamayman. U yosh yigit, o‘ylashimcha, unga hayotiy tajriba yetishmadi, vaziyatni va kim kimligini to‘g‘ri baholay olmadi. Terma jamoaga kelishimning tashabbuskori kim bo‘lganini bilmayman, lekin u oxirgi vaqtda terma jamoaga va menga nisbatan o‘zini yaxshi tutmadi.

    Hozir nima bilan shug‘ullanayotgani haqida

    Xorijdan taklif bo‘ldi, biroq rad etdim. Tavakkal qilmaslikka qaror qildim. Chempionat davom etayotgan vaqtda jamoani qabul qilmadim. Mavsumga tayyorlamagan jamoangiz bilan natija ko‘rsatish qiyin. Boshqa davlat, boshqa mentalitet. Nimanidir isbotlaydigan yoshdan o‘tganman. Shunchaki vaqtni isrof qilish bo‘ladi.

    Shuncha futbolchini yetishtirdim. Oldinlari sovet davrida terma jamoaga bir futbolchini yetishtirib bergani uchun xizmat ko‘rsatgan murabbiy unvoni berilardi. Men qancha futbolchi tarbiyalaganimni va terma jamoa darajasiga olib chiqqanimni bilasizmi? Bu haqda statistika bormi? Yo‘q. Lekin totalizator va kelishilgan o‘yinlar haqida gapirasiz. Bu futbolchilar haqida esa hech kim hech nima demaydi. Alam qiladi, afsus. Har xil safsatalarni eshitish kulgili, lekin yaxshi narsalar haqida hech kim yozmaydi ham, gapirmaydi ham. Chunki bu hech kimga qiziq emas.

    Vadim Abramov, futbol murabbiyi

    Mavzuga doir:

    • Vadim Abramov Umid Ahmadjonov haqida: Uning atrofida “ichi qora” odamlar bor edi
    • Qosimov, Babayan, Kuper va boshqalar. 30 yil ichida O‘zbekiston terma jamoasini kimlar boshqargan?
    • Vadim Abramov qo‘lidagi “qo‘g‘irchoqlar”, “Bunyodkor” sobiq rahbarining shubhali harakatlari va O‘zbekistonning sharmandali mag‘lubiyatini yashirishga uringanlar. Abror Imomxo‘jayev katta intervyu berdi
    • “Mening jamoam, g‘ururim 8 yil ikki shaxsning qo‘lida o‘yinchoq bo‘ldi”. PFL rahbari Vadim Abramovning “agentlik faoliyati” va natija keltirmaydigan uslubi haqida

    31.08.2021, 00:18   Izoh (0)   51874
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Namanganlik muxlislar bunday rahbariyatga munosib emas”. Andrey Kanchelskis 1,6 mln dollar kompensatsiya, “Navbahor” va o‘zbek futbolidagi noprofessionallar haqid...

    30.08.2021, 23:01

    Tokioda o‘tgan yana bir sermahsul kun, ijaraga berilgan Jasur Yaxshiboyev, “Real”ga o‘tishi uchun 1 kun qolgan Mbappe. Eng so‘nggi sport yangiliklari

    30.08.2021, 22:15

    Vadim Abramov Umid Ahmadjonov haqida: Uning atrofida “ichi qora” odamlar bor edi

    30.08.2021, 20:01

    Tokio—2020. Shohsanam Toshpo‘latova para-suzish bo‘yicha bronza medalini qo‘lga kiritdi

    30.08.2021, 16:17

    Tokio—2020. Boburjon Omonov Paralimpiya rekordini yangilab, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Nurxon Qurbonovada bronza

    30.08.2021, 11:21

    Liga 1. Lionel Messi debyut qilgan o‘yinda “PSJ” Kilian Mbappening dubli evaziga g‘alaba qozondi

    30.08.2021, 02:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.