“Roma” “Barselona”ga qarshi bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan Gamper Kubogi uchrashuvini “PSJ” prezidenti bosimi tufayli rad etgani aytilmoqda.
Avvalroq Rim jamoasi “Barselona”ga qarshi o‘yinda ishtirok etmasligini e’lon qilgandi. Kataloniyaliklar esa bu uchun kompensatsiya talab qilgandi. “Roma”ning bayonotiga ko‘ra, mavsumoldi taqvim o‘zgargani uchun ushbu uchrashuv bekor qilingan.
Corriere dello Sport nashrining xabariga ko‘ra, Rim klubi “PSJ” prezidenti va Yevropa klublar assotsiatsiyasi (ECA) rahbari Nosir al-Helayfining bosimi ostida shu qarorga kelgan.
Al-Helayfi va “Roma” xo‘jayini Den Fridkin o‘rtasidagi munosabatlar yaxshi. Amerikalik tadbirkor ECA direktorlar kengashi va ijroiya qo‘mitasi a’zosi hisoblanadi. Fridkinni Gamper Kubogidan voz kechishga assotsiatsiya rahbari ko‘ndirgan.
Qatarlik prezident “Roma”ning “Barselona”ga qarshi o‘yinda ishtirok etishiga qarshi chiqqan. Chunki “ko‘k-anorranglilar” Yevropa Superligasi asoschilaridan biri va hamon turnirni qayta jonlashtirishga umid qilmoqda. UEFA va ECA Superligaga qarshi chiqayotgan tashkilotlar hisoblanadi.
Izoh (0)