• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev OAV uchun brifing o‘tkazdi

    O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari 21-iyunda muzokaralar yakuni bo‘yicha ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Qayd etilishicha, davlat rahbari Ozarbayjon delegatsiyasini qutlab, ikki xalq munosabatlarining tarixi bugungi ko‘p qirrali hamkorlik uchun mustahkam poydevor yaratganini ta’kidlagan.

    “Ma’naviy qadriyatlarimiz, dinimiz bir, madaniyat va tilimiz o‘xshash. Ahmad Farg‘oniy va Abu Rayhon Beruniy asarlarida Ozarbayjonning sharq va g‘arb tamaddunlari bir-birini boyitgan ko‘plab shaharlari tilga olingan. Sharqshunoslik instituti fondlarida esa Nizomiy, Xoqoniy, Tusiy, Fuzuliy, Xatoiy va boshqa ozarbayjon shoir va mutafakkirlarining o‘nlab noyob qo‘lyozmalari avaylanib saqlanmoqda. Bu o‘zbek xalqi azal-azaldan ozarbayjon madaniyatiga katta hurmat va qiziqish bildirib kelayotganining yana bir dalilidir.

    Tor va kengaytirilgan tarkibdagi uchrashuvlarda ikki tomonlama kun tartibidagi masalalarni batafsil muhokama qildik. Muzokaralar hamkorligimizni xalqlarimiz manfaatlari yo‘lida bundan buyon ham har tomonlama mustahkamlashga tayyorligimizni ko‘rsatdi. Hozirgina salmoqli hujjatlar to‘plami imzolandi. Ular orasida ikki tomonlama munosabatlarda yangi bosqichni boshlab beradigan Strategik sheriklikni chuqurlashtirish va har tomonlama hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risida deklaratsiya imzolandi. Biz hamkorlikning muhim yo‘nalishlarini ham belgilab oldik”, — degan Shavkat Mirziyoyev.

    Savdo va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish hamkorlikning eng muhim ustuvor yo‘nalishi ekani qayd etilgan. Keyingi yillarda tovar ayirboshlash hajmi ancha ko‘paygan. Qo‘shma korxona va loyihalar soni 4 barobar oshgan. Tomonlar hamkorlikni tubdan faollashtirish uchun keng imkoniyatlar borligi, eng avvalo, iqtisodiyotning bir-birini to‘ldirib turishiga ishonch bildirgan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Iqlim bilan bog‘liq xatarlar va oziq-ovqat xavfsizligi muammolari kuchayib borayotganini hisobga olib, muzokaralarda qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Ilmiy va innovatsion yechimlar bilan faol almashish, agrar tarmoqni raqamlashtirish bo‘yicha sheriklikni yo‘lga qo‘yish, investitsiya loyihalarini amalga oshirishga qaror qilingan.

    Muzokaralarda hududlararo aloqalarni faollashtirishga ham alohida to‘xtalib o‘tilgan. Bunga joriy yil kuzida Toshkenta shahrida birinchi Hududlar forumining o‘tkazilishi xizmat qiladi. Muzokaralar yakunida Madaniyat va kino kunlarini o‘tkazish, gumanitar va turizm almashinuviga doir dasturlarini rivojlantirishga kelishib olingan.

    “Ozarbayjon prezidentining tarixiy ahamiyatga ega davlat tashrifi oldinga tashlangan ulkan qadamdir. Bugun biz birodar xalqlarimiz do‘stligini yanada mustahkamlash va mamlakatlarimiz strategik sherikligini chuqurlashtirish uchun barcha sharoitlarni shakllantirdik”, – degan O‘zbekiston prezidenti.

    Prezident Ilhom Aliyev taklif uchun minnatdorchilik bildirib, O‘zbekiston erishayotgan yutuqlardan xursand ekanini ta’kidlagan.

    “Qardosh O‘zbekiston zaminida bo‘lib turganimdan, siz bilan ikki tomonlama munosabatlarning keng doirasi va tashqi siyosiy kun tartibidagi muhim masalalarni muhokama qilishdan mamnunman. O‘ylaymanki, bu haqiqatdan ham muvaffaqiyatli tashrif. Chunki muhokama qilingan mavzularning mohiyati, shakli, mazmuni bo‘yicha ham, biz qabul qilgan qarorlar bo‘yicha ham ushbu tashrif va kelishuvlar munosabatlarimizning yanada rivojlanishiga asos bo‘ladi”, — deydi Ilhom Aliyev

    Ozarbayjon yetakchisi imzolangan hujjatlar va bugungi vazifalar ijrosi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashini qayd etgan.

    “Bugun biz iqtisodiy hamkorlik, biznes tuzilmalari o‘rtasidagi aloqalar, xavfsizlik va mudofaa qobiliyati, madaniy-gumanitar aloqalar to‘g‘risida fikr almashdik. Ya’ni keng ma’noda aytadigan bo‘lsak, faol hamkorligimiz uchun poydevor yaratilmoqda”, – degan u.

    Davlat rahbarlari xalqaro tuzilmalar doirasidagi o‘zaro muloqot konstruktiv kechayotgani va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash muhim ekanini ta’kidlagan.

    Ilhom Aliyev tashrifining birinchi kuni

    Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev 21-iyun kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi. Ozarbayjon prezidentining O‘zbekistonga tashrifi Haydar Aliyev sharafiga nomlangan ko‘cha va uning yodgorligi ochilishidan boshlandi. Shundan so‘ng Ozarbayjon prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

    Keyinroq Ko‘ksaroyda Ilhom Aliyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda O‘zbekiston va Ozarbayjon rasmiy delegatsiyalari a’zolari ishtirok etdi. Avval tor doirada, so‘ng kengaytirilgan tartibda muzokalar o‘tkazildi. Davlat rahbarlari strategik sheriklikni chuqurlashtirish va har tomonlama hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladi.

    Tashrif O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlarining Toshkentdagi Texnoparkni borib ko‘rishi, Faxriy mehmonlar xiyoboniga ko‘chat ekishi bilan davom etdi.

    21.06.2022, 22:24   Izoh (0)   11348
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganda Nexia va Lacetti to‘qnashdi

    21.06.2022, 21:46

    Uzbekistan Airways Qurbon hayiti munosabati bilan chegirmalar e’lon qildi

    21.06.2022, 21:15

    Go‘zallikka xunuk munosabat: Bo‘stonliqning so‘lim tog‘lari chiqindizorga aylantirilmoqda

    21.06.2022, 21:09

    Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev strategik sheriklikni chuqurlashtirish va har tomonlama hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladi

    21.06.2022, 20:29

    Chorvoq suv ombori yuzasida chiqindilar suzib yurgani aniqlandi (video)

    21.06.2022, 20:28

    “To‘rt muchasi sog‘ bo‘lsa ham mehnatdan qochadigan inson halol pul topish zahmatini his qilmaydi”. Imkoniyati cheklangan 63 yoshli andijonlik nonvoy hikoyasi

    21.06.2022, 20:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ukrainada razvedka xodimini o‘ldirishda gumonlangan rossiyalik agentlar yo‘q qilindi

    Dunyo | 13 iyul, 20:40

    Ozarbayjon Suriyaga gaz yetkazib beradi

    Dunyo | 13 iyul, 20:15

    Arizonada 18 yilda ilk bor vabodan o‘lim qayd etildi

    Dunyo | 13 iyul, 19:45

    Eron MAGATE bilan “yangicha formatda” hamkorlik qiladi

    Dunyo | 13 iyul, 19:27

    Sankt Peterburgdagi migratsiya markazida fuqarolar temir panjaralar ichida yotganiga izoh berildi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 18:59

    Putin 25 yil oldin prezident bo‘lishni xohlamaganini aytdi

    Dunyo | 13 iyul, 18:11

    Shimoliy Koreya Rossiyaga 12 mln dan ortiq snaryad yetkazib bergan — OAV

    Dunyo | 13 iyul, 17:50

    Britaniyada 60 ga yaqin deputat Falastin davlatini darhol tan olishga chaqirdi

    Dunyo | 13 iyul, 17:30

    Marg‘ilonda 2,5 yashar bolani bosib ketgan Gentra haydovchisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 17:12
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.