• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Go‘zallikka xunuk munosabat: Bo‘stonliqning so‘lim tog‘lari chiqindizorga aylantirilmoqda

    Toshkent viloyatida joylashgan Bo‘stonliq tumani tog‘lari, chiroyli tabiati bilan mashhur. Hududda Chimyon, Chorvoq, Amirsoy singari turistik zonalar, yuzdan ziyod arxeologik va madaniy meros obyektlari bor. Shu bois Bo‘stonliqqa dam olish uchun keluvchilar ko‘p. Afsuski, ular orasida tabiatni asrashni bilmaydiganlari ham talaygina.

    Foto: “Daryo” / Islombek Umaraliyev

    Turizm va madaniy meros vazirligi va “Chorvoq” direksiyasi ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun Bo‘stonliq tumanidagi dam olish maskanlari va ziyoratgohlarga press-tur tashkil etdi. “Daryo” muxbiri voqea joyidan reportaj tayyorladi.

    Foto: “Daryo” / Islombek Umaraliyev

    Aytilishicha, Bo‘stonliqqa kuniga 10-12 ming kishi, shanba va yakshanba kunlari sutkasiga 48 ming kishi dam olish uchun kelmoqda. Ammo ularning hammasi ham tabiatni asrashni bilmaydi, o‘zi bilan olib kelgan chiqindilarni maxsus idishlarga emas, dam olish joylari va yo‘llar chetiga tashlab ketmoqda.

    Foto: “Daryo” / Islombek Umaraliyev

    Tuman “Toza hudud” bo‘limi ma’lumotiga ko‘ra, 1-iyun kuni Bo‘stonliqdan 88 tonna chiqindi olib chiqilgan. “Chorvoq” direksiyasi direktori o‘rinbosari Suna Parkning ta’kidlashicha, sayyohlar soni ortgani sari tashlab ketilayotgan chiqindilar hajmi ham ko‘paymoqda.

    Suna Park

    Suna Park
    Foto: Turizm va madaniy meros vazirligi

    “Qarang, Bo‘stonliq tog‘lari, tabiati naqadar chiroyli! Lekin shunday go‘zallikka yarashmagan bir xunuk holat ta’bni xira qiladi. Ya’ni ayrim sayyohlar tabiatga yomon munosabatda bo‘lmoqda. Ular dam olish maskanlariga, yo‘llar chetiga bolalar tagliklari, oziq-ovqat qoldiqlari, paketlar, plastmassa idishlar va umuman o‘nlab turdagi chiqindilarni tashlab ketmoqda. Bu juda-juda xunuk holat. Masalan, bolalar tagliklari 100 yilgacha yo‘q bo‘lmay turaveradi, nam salfetkalar 25 yil turadi. Bu agar tashlab ketilgan shunday chiqindilar olib ketilmasa, uzoq yillar davomida tabiatni ifloslantirib turaveradi degani.

    Foto: “Daryo” / Islombek Umaraliyev

    To‘g‘ri, biz obodonlashtirish xizmati bilan hamkorlikda hududda keng ko‘lamdagi tozalash ishlarini olib boramiz. Ammo mas’uliyatsiz sayyohlar sabab to‘liq tozalikka erisha olmayapmiz. Chunki hudud juda ham katta. Bu yerlar bugun tozalansa, ertaga yana ifloslanmoqda”, — dedi Suna Park.

    Foto: “Daryo” / Islombek Umaraliyev

    Bo‘stonliq tumani Xavfsiz turizmni ta’minlash, jamoat xavfsizligini saqlash bo‘limi katta inspektori Azamat Ahmadov hududni ifloslantirganlarga chora ko‘rilishini aytdi.

    Azamat Ahmadov

    Azamat Ahmadov
    Foto: “Daryo” / Islombek Umaraliyev

    “Bo‘stonliqqa kiraverishda hudud tozaligi qoidalariga rioya qilish to‘g‘risida plakatlar ilib qo‘yilgan. Ya’ni hududga turli chiqindilar tashlab, uni ifloslantirganlar ma’muriy javobgarlikka tortiladi. Masalan, 2022-yil boshidan beri obodonlashtirish qoidalarini buzgan 120 nafar fuqaroga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Afsuski, tozalik qoidalariga amal qilmayotgan fuqarolar soni ko‘paymoqda.

    Foto: “Daryo” / Islombek Umaraliyev

    To‘g‘ri, bu yerga kelgan hamma ham chiqindi tashlab ketmaydi. Ba’zi odamlar o‘zlari o‘tirgan joylarini ham tozalab ketishadi. Biz bundan xursand bo‘lamiz. Chunki Bo‘stonliq bizlarning uyimiz. Ba’zilar esa yo‘l chetlariga chiqindi tashlab ketishadi. Bu yerga Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘izistondan ham mehmonlar keladi. Sayyohlar kelganda shu joylarimizga qarab o‘zbek xalqining madaniyatiga baho berib ketadi”, – dedi inspektor.

    Foto: “Daryo” / Islombek Umaraliyev

    Mas’ullarga ko‘ra, insonlarda fuqaroviy javobgarlik bo‘lmas ekan, barcha obodonlashtirish xizmati xodimlari jalb qilinsa ham hudud toza bo‘lib qolmaydi.

    21.06.2022, 21:09   Izoh (0)   19124
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev strategik sheriklikni chuqurlashtirish va har tomonlama hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladi

    21.06.2022, 20:29

    Chorvoq suv ombori yuzasida chiqindilar suzib yurgani aniqlandi (video)

    21.06.2022, 20:28

    “To‘rt muchasi sog‘ bo‘lsa ham mehnatdan qochadigan inson halol pul topish zahmatini his qilmaydi”. Imkoniyati cheklangan 63 yoshli andijonlik nonvoy hikoyasi

    21.06.2022, 20:06

    Namangada MAN bilan to‘qnashgan “Jiguli”ning old qismi butunlay pachoqlanib ketdi (video)

    21.06.2022, 19:09

    O‘zbekiston va Ozarbayjon delegatsiyalari ishtirokida kengaytirilgan tarkibda muzokara o‘tkazildi

    21.06.2022, 18:44

    Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi markaziy apparati kengaytirilib, vazifalar qayta taqsimlandi

    21.06.2022, 18:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yevropada xavfli virus tarqalmoqda: o‘lim holatlari qayd etildi

    Dunyo | 3 avgust, 21:15

    Trampga qarshi ish olib borgan prokurorga nisbatan tergov boshlandi

    Dunyo | 3 avgust, 20:24

    Saudiya Arabistoni klublari Vinisius transferidan voz kechdi

    Sport | 3 avgust, 19:34

    Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 19:29

    Rossiyada 14 yoshli ozarbayjonlik teraktda ayblandi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 19:15

    Sea Breeze loyihasining egasi qanday majburiyatlarni o‘ziga olmoqda?

    O‘zbekiston | 3 avgust, 18:56

    Isroil mudofaa vaziri butun G‘azoni bosib olishga chaqirdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 18:10

    Andijonda sobiq kuyov qaynukasining mashinasini yoqib yubordi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 17:47
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.