• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “To‘rt muchasi sog‘ bo‘lsa ham mehnatdan qochadigan inson halol pul topish zahmatini his qilmaydi”. Imkoniyati cheklangan 63 yoshli andijonlik nonvoy hikoyasi

    Hayot quvonch va tashvishlardan, oq va qora chiziqlardan, yaxshi va yomon kunlardan iborat. Shunday bo‘lsa-da ba’zan hayot zarbalari, tashvishlari oldida o‘zimizni ojiz his qilamiz. Tushkunlik hissi ruhimizni qamrab oladi. Shunday paytlarda nolib, dunyoni adolatsizlikda ayblay boshlaymiz. Inson matonati, sabr-bardoshi har qanday og‘ir damda ham o‘zligini yo‘qotmagani bilan aziz va sharif ekanligini unutib qo‘yamiz. Oramizda shunday odamlar borki, turli sinovlarni o‘zlarining matonati va irodasi bilan yengib, barchamizga namuna bo‘lib kelmoqda.

    Andijon tumanining “Tolmozor” mahallasida istiqomat qiluvchi Ma’murjon Qo‘ziboyev ana shunday zamondoshlarimizdan biri. Tuzalmas xastalik sabab ikki oyog‘idan ayrilgan qahramonimiz xonadonidagi 4 sotixli tomorqa va xonadonida tashkil etilgan nonvoyxonada farzandlari bilan tengma-teng mehnat qilib, baxtli hayot kechirmoqda. “Daryo” muxbiri yaqinda o‘zining 63 yoshini qarshilagan Ma’murjon Qo‘ziboyev bilan suhbat qurdi.

    Ma’murjon Qo‘ziboyev.

    Ma’murjon Qo‘ziboyev.
    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Armiyada oyog‘imdan sovuq o‘tgan

    “1975-yilda maktabni tamomlab harbiy xizmatga borganman. Xizmatni Oltoy o‘lkasining Biy degan shahrida o‘taganman. U yerlar bizdan ko‘ra ancha sovuq bo‘lgani uchun xizmatni o‘tash davomida oyog‘imdan ancha sovuq oldirib qo‘ygan ekanman. Kelib, biroz davolanganman, o‘sha paytlardayoq asoratlari yo‘q bo‘lib ketgan. Qish-qirovli kunlarda oz-ozdan og‘riq bo‘lib turgan. Shunday bo‘lsa-da davolanishga unchalik e’tibor qaratmaganman. Bundan tashqari oila, bola-chaqa boqish bilan band bo‘lib, to‘liq davolanmaganman ham. Oradan ancha o‘tgach, ya’ni 1998-yilning sentabr oyida kasallik kuchaya boshladi. Tunlari dod-voylashimdan qo‘shnilarimning ham tinchi buzilardi. O‘sha paytda tortgan azoblarimni, hatto, dushmanimga ham ravo ko‘rmayman. Bir nechta shifokorga murojaat qildim, kasalxonalarda yotdim. Axiri shifokorlar onkologik kasallik ekanligini aytishib, tashxisga ko‘ra, oyoqda o‘simta borligi aniqlandi. Shundan keyin shifoxonada o‘n kun davomida nur orqali davolandim.

    Afsuski, natija ko‘ngildagidek bo‘lmagach oyoqni kesishga to‘g‘ri keldi. Ishonasizmi, kesilgandan keyin o‘zimni yangi dunyoga kelgan chaqaloqdek bardam his qilganman. Ammo protez qilinganidan ko‘nglim ranjigan. Bundan tashqari olti oy uyda yotishning zahmati juda qiyin bo‘lgan. Buni boshidan o‘tkazganlar biladi. Yaxshiyamki, shifokorim har yakshanba kelib, holimdan xabar olib turardi, dalda berardi. Bo‘lmasa yashashga bo‘lgan umidim so‘nib, bo‘lgandi”.

    Endi tushkunlikdan chiqqanimda ikkinchi oyog‘imni ham kesishgan

    “Holatga asta-asta ko‘nikib, olti oydan keyin tashqariga chiqa boshladim. Ko‘cha-ko‘yda yurganimda men bilan hamsuhbat bo‘lgan odamlar oldida ko‘zimga beixtiyor yosh kelardi. Yaqinlarim yupatishga harakat qilishardi. Sog‘lom paytimda uyda nonvoychilik qilardim. Bundan tashqari karnaychilikdan ham xabarim bo‘lgani uchun to‘ylarga chiqib, tirikchilik qilardim. Shukurki, tushkun vaziyatga tushib qolganimda ustozim oldimga kelib meni yana hayotga qaytargan. O‘zimga kelib, ishlashim kerakligini, odamlar bilan qo‘shilib, kasalligimni unutishi zarurligini tushuntirgan. Shundan keyin yana to‘ylarga borishni boshlaganman. Haqiqatan kayfiyatim ancha ko‘tarilgan, ruhim tetiklashgan. Yashashga bo‘lgan ishtiyoqim ortgan.

    Afsus, bu xursandchiliklar uzoqqa cho‘zilmadi. Operatsiya qilinganimdan 7-8 yil o‘tib, yana eski dard qo‘zg‘ay boshladi. Bu safar og‘riq ikkinchi oyog‘imda sezila boshladi. Shifokorlarga murojaat qilganimizda kasallik yana bezovta qilayotgani, bu oyoqni ham kesmasa bo‘lmasligini aytishdi. Uzoq o‘yladik, og‘riqlar qiynab yurgach noiloj ikkinchi oyoqdan ham ayrilishga majbur bo‘ldim”.

    Ma’murjon Qo‘ziboyev.

    Ma’murjon Qo‘ziboyev.
    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Kasallikdan tirik chiqmasa kerak, deb o‘ylagan odamlar keyinchalik uyalib qolgan

    “Avval bitta oyoqda protez bilan yurgan bo‘lsam, endi ikkinchisiga ham kiyardim. Ko‘nikish juda qiyin bo‘lgan. Ayniqsa, protez nayzadek oyog‘imni sanchishi noqulaylik keltirib chiqarardi. Shu bahonalar bo‘lib, protezsiz aravachada yurishga qaror qildim. Oradan 2-3 yil o‘tib, aravada mixlanib o‘tiraverish ham jonga tegdi. Bekorchilik zeriktirdi.

    Shunda oldimga maqsad qo‘yib, avvalgidek sog‘lomman degan tuyg‘uni ongimga singdira boshladim. Tizzalab bo‘lsa ham yurishga qaror qildim. Shifokorlar bilan maslahatlashganimizda o‘zingizni toliqtirib qo‘ymasdan sekin-astalik bilan tizzalab yurishingiz mumkin deyishdi. Tizzada yurish ham xuddi oyoqni butunicha yerga bosishdek ekanini his qildim.

    Sog‘lomligimda yonimda girdikapalak bo‘lgan ‘do‘stlarim’ betobligimda ari quvgandek g‘oyib bo‘lishgandi. Shunday bo‘lsa-da, taqdirga tan bermadim, harakat qildim va o‘z maqsadimga erishdim. Kasallikdan tirik chiqmasa kerak, deb o‘ylagan odamlar yura boshlaganimni, ruhan baquvvat ekanimni ko‘rib, hayratda qolishgan.

    O‘g‘limning topgan pullari faqat tirikchilikka va mening dori-darmonimga yetardi. Uyda o‘tirib bo‘lsa ham uch-to‘rt so‘m pul topishim kerak, derdim. Avvaliga uydagi tomorqa ishlarini qila boshladim. Hovliga mevali daraxtlar ekib, limon ko‘chatlarini parvarishlab, ancha hosil olganman. Hammasini o‘zim qilardim. 2014-yildan buyon esa uydagi tandirga o‘zimga moslab, joy qilib, novvoychilikni davom ettiryapman. Mana ko‘rib turganingizdek kam bo‘lmadik, uylarni boshqatdan tikladik, mashina oldik, sharoitimiz ham ancha yaxshilandi. Hozir o‘g‘lim mashinasida biror joyga desam g‘izillatib olib borib keladi”.

    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Dangasa insonlar hayotning asl ma’nosi nima ekanligini his etmaydi

    “Ba’zan sabrim toliqqan paytlarda, qiynalib ketsam ‘Qaniydi, ikki oyog‘im ham bo‘lganida edi? Qaniydi bolalik paytlarimga qaytib qolganimda edi, tadbirkorlik qilardim, oilamni hech narsaga zoriqtirmasdim’, deb og‘ringan paytlarim ham bo‘lgan. Lekin shukr va sabr qilib o‘sha qiyinchilik kunlarni ham yengib o‘tganman.

    Ba’zi bir sog‘lom odamlar oyoq-qo‘li but, to‘rt muchasi sog‘ bo‘lsa ham mehnatdan qochadi. Unday dangasa insonlar hayotning asl ma’nosi nima ekanligini, halol pul topish zahmatini hech ham his etishmaydi, deb o‘ylayman. Undaylarning xonadonida na fayz va na baraka bo‘lsa kerak. Ayrim yoshlarimiz kasb-hunar o‘rganish uchun shogird tushishga uyalishadi. Kosibchilikmi, nonvoychilikmi yoki boshqa hunarmi shogirdga tushsa tezda o‘rganishi mumkin. Hunarim yo‘q deb uyda o‘tiribdi yoki mardikorga bozorga chiqyapti. Uyalmasdan shogirdga tushib, o‘rganish kerak. Hunardan hech kim kam bo‘lgan emas. Yoshlarga aytarim shu. Bundan tashqari kim bo‘lishidan qat’iy nazar har qanday inson oldiga faqat yaxshi maqsadlarni qilib yashashi kerak. Hech qachon umidini so‘ndirmasligi, o‘tkazayotgan umrini bekorga sarflamasligi lozim”.

    Umidjon Mamarsulov tayyorladi.

    21.06.2022, 20:06   Izoh (0)   15771
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namangada MAN bilan to‘qnashgan “Jiguli”ning old qismi butunlay pachoqlanib ketdi (video)

    21.06.2022, 19:09

    O‘zbekiston va Ozarbayjon delegatsiyalari ishtirokida kengaytirilgan tarkibda muzokara o‘tkazildi

    21.06.2022, 18:44

    Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi markaziy apparati kengaytirilib, vazifalar qayta taqsimlandi

    21.06.2022, 18:27

    Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev tor doirada muzokara o‘tkazdi

    21.06.2022, 18:16

    Qoraqalpog‘istonda 3 yoshli bolani it g‘ajib tashladi (foto)

    21.06.2022, 18:08

    Ko‘ksaroyda Ilhom Aliyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

    21.06.2022, 17:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampga qarshi ish olib borgan prokurorga nisbatan tergov boshlandi

    Dunyo | 3 avgust, 20:24

    Vinisiusning rejalari barbod bo‘ldi

    Sport | 3 avgust, 19:34

    Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 19:29

    Rossiyada 14 yoshli ozarbayjonlik teraktda ayblandi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 19:15

    Sea Breeze loyihasining egasi qanday majburiyatlarni o‘ziga olmoqda?

    O‘zbekiston | 3 avgust, 18:56

    Isroil mudofaa vaziri butun G‘azoni bosib olishga chaqirdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 18:10

    Andijonda sobiq kuyov qaynukasining mashinasini yoqib yubordi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 17:47

    Suriya mudofaa vazirligi va AQSH dastagidagi kurdlar mamlakat shimolida yuz bergan to‘qnashuvda bir-birini aybladi

    Dunyo | 3 avgust, 17:24
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.