Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev 21-iyun kuni Ko‘ksaroy qarorgohidagi Faxriy mehmonlar xiyoboniga ko‘chat ekdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etilishicha, ushbu tashrifga uzoq vaqt tayyorgarlik ko‘rilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Erishilgan natijalar shunga munosib bo‘ldi — ikki mamlakat hamkorligi kelajagiga mustahkam poydevor qo‘yildi. Davlat rahbarlari ekkan nihol ushbu yangi rejalarning, xalqlarimiz do‘stligining ramzi sifatida gullab-yashnaydi”, — deyiladi xabarda.

Ilhom Aliyev tashrifining birinchi kuni

Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev 21-iyun kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi. Ozarbayjon prezidentining O‘zbekistonga tashrifi Haydar Aliyev sharafiga nomlangan ko‘cha va uning yodgorligi ochilishidan boshlandi. Shundan so‘ng Ozarbayjon prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

Keyinroq Ko‘ksaroyda Ilhom Aliyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda O‘zbekiston va Ozarbayjon rasmiy delegatsiyalari a’zolari ishtirok etdi. Avval tor doirada, so‘ng kengaytirilgan tartibda muzokalar o‘tkazildi. Davlat rahbarlari strategik sheriklikni chuqurlashtirish va har tomonlama hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladi. Shundan so‘ng OAV uchun brifing o‘tkazildi.

Tashrif O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlarining Toshkentdagi Texnoparkni borib ko‘rishi bilan davom etdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonlik olimlar onkologik kasalliklarni 99 foizgacha davolaydigan dori ishlab chiqardi
Dunyo
Turkiyada erkak o‘zi bilan birga yashagan o‘zbekistonlik ayolni tosh bilan o‘ldirib, jasadini bo‘laklab, muzlatkichda saqlagani aniqlandi (video)
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda elektromobillar sotuvi rekord darajaga yetdi