Amerikaning ABC telekanali AQSH Adliya vazirligi vakiliga tayanib xabar berishicha, AQSH bosh prokurori Merrik Garland 21-iyun kuni e’lon qilinmagan tashrif bilan Ukrainaga kelgan.
Telekanal suhbatdoshiga ko‘ra, Garland, xususan, Ukraina bosh prokurori Irina Venediktova bilan uchrashish niyatida.
Ushbu uchrashuvda Garland “Ukrainada urush jinoyatlarini sodir etishga aloqador shaxslarni qo‘lga olish va javobgarlikka tortish bo‘yicha olib borilayotgan harakatlarni” muhokama qilishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)