Telegram’da pullik obuna — Telegram Premium paydo bo‘ldi. Bu haqda kompaniya o‘z saytida xabar berdi.
Obuna bo‘lish orqali foydalanuvchilar 4 GB hajmdagi fayllarni yuklash, yuqori tezlik, eksklyuziv stikerlar va reaksiyalar, chat boshqaruvini yaxshilash va boshqa imkoniyatlarga ega bo‘ladi.
Obuna narxi — oyiga 65 ming so‘m atrofida. Unga ega bo‘lgan foydalanuvchilar Telegram’da reklamadan ozod bo‘ladi.
Kompaniyaning qayd etishicha, obuna dasturchilarga ilovaga yangi funksiyalarni qo‘shish va Telegram’dan bepul foydalanishni saqlab qolish imkonini beradi.
Ishonchimiz komilki, Telegram’ni rivojlantirish yo‘nalishini birinchi navbatda reklama beruvchilar emas, foydalanuvchilar belgilashi kerak. Shunday qilib, foydalanuvchilar har doim bizning ustuvor vazifamiz bo‘lib qoladi, — deyiladi xabarda.
Avvalroq Telegram’da yaqinda paydo bo‘ladigan pullik akkauntlar haqida to‘liq ma’lumotlar berilgan edi.
Izoh (0)