Vohid Ibodullayev Sirdaryo viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.
Qayd etilishicha, Ibodullayev tayinlovga qadar Qurilish vazirligi tizimida faoliyat yuritgan.
Avvalroq Podpolkovnik G‘ayratjon Rahmatullayev Namangan shahar IIO FMB boshlig‘i etib tayinlangani, Gurlan tumani hokimi Xorazm viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘lgani, Respublika oliy ta’lim kengashiga yangi rais tayinlangani haqida xabar berilgan.
Izoh (0)