Botir Parpiyev mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining maslahatchisi lavozimiga tayinlandi
Botir Parpiyev mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Botir Parpiyev 1946-yilda Andijon viloyatida, militsiya general-mayori Rahmat Parpiyevning oilasida tug‘ilgan. 1992—1996-yillarda Andijon viloyati IIB boshlig‘i, 1996—1998-yillarda O‘zbekiston IIV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i, 1998—2002-yillarda O‘zbekiston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, 2002-yilning iyun oyidan dekabr oyigacha O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vaziri, 2002—2004-yillarda O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi raisi, 2004—2018-yillarda esa Davlat soliq qo‘mitasi raisi lavozimida ishlagan. Shuningdek, 2018-yilga qadar O‘zbekiston Taekvondo WTF assotsiatsiyasi prezidenti lavozimida ham faoliyat yuritgan. Shundan so‘ng hozirgi tayinlovga qadar Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligida vazir o‘rinbosari sifatida ishlagan.
Mavzuga doir: