Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Podpolkovnik G‘ayratjon Rahmatullayev Namangan shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Foto: Namangan viloyat IIB matbuot xizmati

Foto: Namangan viloyat IIB matbuot xizmati

Namangan viloyat IIB boshlig‘i Shavkat Rahmonov tomonidan Namangan shahridagi Yoshlar markazida o‘tkazilgan yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. Yig‘ilishda ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan Namangan shahar IIO FMB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan podpolkovnik G‘ayratjon Rahmatullayev shaxsiy tarkibga tanishtirildi.

Rahmatullayev endi shahardagi uchinchi sektor rahbarligiga ham mas’ul bo‘ladi.

Foto: Namangan viloyat IIB matbuot xizmati

Foto: Namangan viloyat IIB matbuot xizmati

G‘ayratjon Rahmatullayev 1974-yilda Yangiqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, Namangan sanoat-texnologiya instituti va Namangan davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi — huquqshunos.

Mehnat faoliyatini 1998-yilda Namangan viloyat IIB JTSBda boshlagan.

G‘ayratjon Rahmatullayev mazkur tayinlovga qadar, ya’ni 2020-yildan beri Farg‘ona viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari — Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Yuksalish” harakati diniy materiallar tarqatganlik ayblovi bilan javobgarlikka tortilish holatlari uchrayotganiga munosabat bildirdi
Dunyo
Hindistonda poyezdlar to‘qnashuvi qurbonlari soni 230 kishidan oshdi (foto)
Dunyo
Zelenskiy Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam berayotgan davlatlarga qarshi ochiq kurash olib borishga va’da berdi