Farg‘ona viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Abduqayum To‘xtaqulov Farg‘ona viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda SSV xabar qildi.
Qayd etilishicha, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali direktori vazifasida ishlab kelgan
Abduqayum To‘xtaqulov 53 yoshda. Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti o‘qituvchisi sifatida ishlab, tajriba orttirgan. Keyinchalik Qo‘qon shahar shoshilinch tibbiy yordam markazi xirurgi, Beshariq tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.
U tayinlovgacha 2019-yildan buyon Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali direktori vazifasida ishlab kelgan.
Farg‘ona viloyati SSBning avvalgi boshlig‘i Husan Mamadjonov o‘z vazifasidan ozod etilgan. Xabarda bunga nima sabab bo‘lgani haqida aniq ma’lumot berilmagan.
Avvalroq Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarining sog‘liqni saqlash boshqarmalariga yangi rahbarlar tayinlangandi.
Mavzuga doir: