Fransiyalik mutaxassis Zinedin Zidan tez orada “PSJ” bosh murabbiyiga aylanadi, deya xabar bermoqda Mundo Deportivo.
Parijliklar murabbiyning barcha shartlarini bajargan. 11-iyun — tomonlar o‘rtasidagi muzokaralarning asosiy kuni. 49 yoshli mutaxassis dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi murabbiyiga aylanadi. Biroq muzokaralarda pul hech qachon to‘siq bo‘lmagan.
Zidan xohlagan asosiy narsa jamoa ustidan to‘liq sport nazoratini o‘rnatish, buning uchun esa klub Leonardo bilan xayrlashishi kerak bo‘ladi. Shuningdek, rahbariyatga hujumchi Kilian Mbappeni saqlab qolish talabini ham qo‘ygan. Ikkala vazifa ham bajarildi.
Zidanning “PSJ” boshqaruviga o‘tishida yagona muammo fransuzning “Marsel” bilan munosabatlari hisoblanadi. Zinedin uzoq yillardan buyon “Olimpik” muxlisi bo‘lib, jamoa muxlislari Zidanning prinsipial raqib bosh murabbiyi etib tayinlashiniga salbiy munosabat bildirishi mumkin.
Zidan 2016-yildan 2021-yilga qadar (orada bir yil tanaffus bilan) “Real Madrid” bosh murabbiyi lavozimida faoliyat olib borgan. Fransuz madridliklar bilan 2 marta Ispaniya chempionati, 2 marta Ispaniya Kubogi, 3 marta Chempionlar Ligasi, 2 marta UEFA Superkubogi, 2 marta klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati g‘olibligini qo‘lga kiritgan.
Izoh (0)