Professional boksning super yarim o‘rta vazn toifasida harakat qilayotgan o‘zbekistonlik Isroil Madrimov (8-0, 6KO) va Mishel Soro (35-3-1, 24KO) o‘rtasidagi chempionlik kamariga majburiy da’vogar maqomi uchun revansh jangi 9-iyul kuni bo‘lib o‘tishi tasdiqlandi.
Ikkala bokschi o‘rtasidagi revansh jangi Angliyaning London shahrida bo‘lib o‘tadi.
Madrimov va Soro 2021-yil 17-dekabrda Toshkentda ilk bor to‘qnash kelgan edi. Jangning 9-raundida gong ovozini eshitmagan Madrimov raqibga bir necha zarbalar yo‘llashi natijasida texnik nokaut qayd etilgan edi. Bundan norozi bo‘lgan Soro jamoasi tashkilotga revansh berilishini so‘rab murojaat qilgandi. WBA Soro jamoasining so‘rovini qabul qilgan va Madrimovga revansh jangida ishtirok etish majburiyatini qo‘ygandi.
WBA Super kamari ayni damda Jermell Charloga tegishli hisoblanadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)