8-iyun kuni Qozog‘istonda Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlarining “Xitoy+Markaziy Osiyoning 5 davlati” (C+C5) formatida uchinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Turkmaniston TIV.
Uchrashuv ishtirokchilari mintaqada uzoq muddatli tinchlik va barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha o‘zaro hamkorlik, shuningdek, savdo, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishni muhokama qildi.
Eurasianet nashrining qayd etishicha, Xitoy tashqi ishlar vaziri Van In uchrashuv davomida Ukrainadagi “inqiroz” haqida bayonot bergan.
“Mintaqa tashqi kuchlarning mintaqa davlatlarini yirik kuchlar to‘qnashuviga tortishiga va ularni u yoki bu tomonga og‘dirishga urinishlaridan ehtiyot bo‘lishi kerak” — deya Van Inning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Eurasianet.
Markaziy Osiyo Tashqi ishlar vazirliklari matbuot xizmatlari bu bayonotni e’tiborsiz qoldirdi va uchrashuv haqidagi press-relizlarida Ukrainani tilga olmadi.
Izoh (0)