ChatGPT ilovasidan haftalik foydalanuvchilar soni 700 million nafarga yaqinlashdi, kompaniya bu “marrani” shu haftada zabt etmoqchi. Bu haqda TechCrunch nashri xabar qildi.

“Har kuni odamlar va jamoalar qiyinroq muammolarni o‘rganmoqda, yaratmoqda va hal qilmoqda. Katta hafta oldinda”, degan ilova rahbari Nik Turli.
Avvalroq, joriy yilning mart oyida chat-bot ilovasining haftalik foydalanuvchilari soni 500 million nafarga yetgan edi. Shuningdek, ilova o‘tgan yilga qaraganda qariyb 4 barobarga o‘sgan.
OpenAI mart oyida GPT-4 modeli bilan taʼminlangan takomillashtirilgan tasvir yaratish funksiyasini ishga tushirgandan so‘ng ilova mashhurligi yanada oshdi. Shundan so‘ng, bir oy ichida ushbu funksiya orqali 130 milliondan ortiq foydalanuvchi 700 milliondan ortiq rasmlarni dasturda ishladi.
Bundan tashqari, ushbu sunʼiy ongdan pulli foydalanuvchilar soni ham oshib, 5 millionga yetgan.
Taʼkidlash joiz, 2025 yilning 1-yarmida foydalanuvchilar ilovada kuniga o‘rtacha 16 daqiqa vaqt sarflagan.
Izoh (0)