25-may kuni Yevrokomissiya (YK) Rossiyaning xorijdagi aktivlarini musodara qilish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘plamini qabul qilish niyatida ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.
Ushbu paketning bir qismi sifatida YK Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tishni Yevropa Ittifoqida jinoyat deb hisoblashni, shuningdek, cheklovlarni buzgan jismoniy va yuridik shaxslarning aktivlari va mol-mulkini musodara qilishni taklif qildi.
Cheklov choralarini buzgan jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulki musodara qilinishini ta’minlash zarur, Yevrokomissiya ham Yevropa jinoyatlari ro‘yxatiga sanksiyalar buzilishini qo‘shishni taklif qilmoqda, — deyiladi e’lon qilingan bayonotda.Aktivlarni musodara qilishning takomillashtirilgan tizimi cheklovlarni buzganlarga ham taalluqli bo‘ladi.
Shu orqali sanksiyalar buzilishi natijasida olingan daromadlarni kuzatish, muzlatish, boshqarish va musodara qilish ta’minlanadi.
Avvalroq Yevropa komissiyasi 2022-yil uchun inflyatsiya prognozini 3,5 foizdan 6,1 foizga oshirgani haqida xabar bergan edi.
Izoh (0)